Lola (shaftoli navi)

Lola — luchchak shaftoli navi. Samarqand mevachilik seleksiya styasida mahalliy sariq Nektarin navini Arp-Byuti va Sariq Oylor navlari gul changlari aralashmasi bilan changlab chiqarilgan (A. S. Cherevatenko). Daraxti oʻrtacha usadi, balandligi 4—4,5 m, sovuqqa chidamli. Daraxti oʻtqazilganidan keyin 2—3-yili hosilga kiradi. 5—6-yili 1 tupi 75–90 kg meva beradi. Shoxshabbasi keng piramida shaklida. Barglari nashtarsimon, toʻq yashil. Guli yirik. Mevasi silliq, tuksiz, oʻrtacha 60—70 g , dumaloq, usti toʻq qizil, iyul oxirida pishadi. Eti sariq, sersuv, sal nordon, danagidan yaxshi ajraladi. Tarkibida 12—14% kand, 0,75% kislota bor. Mevasi, asosan, yangiligida yeyiladi, konserva va qoqi qilinadi. Ekilgan danagidan chiqqan koʻchatlarning 60% dan koʻprogʻida nav xususiyatlari saqlanib qoladi (payvandlashga ehtiyoj qolmaydi). Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida, Tojikistonda r-nlashtirilgan, Moldaviya va Bolgariyada ham oʻstiriladi.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil