Loladaraxt
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Loladaraxt, liriodendron (Liriodendron) — magnoliyadoshlar oilasiga mansub, bargi toʻkiladigan daraxtlar turkumi. 2 turi (L.tulipifera Shimoliy Amerikada va L.chinense Markaziy Xitoyda) 6op.L.tulipiferaning boʻyi 60 m cha, diametri 3,5 m cha. Poʻstlogʻi kulrang yoki qizgʻish-qoramtir. May — iyunda gullaydi (gullari lolaga uxshagani uchun L. deyiladi). Poʻstlogʻida oshlovchi moddalar bor. Yogʻochining xususiyatlari teraknikiga yaqin. Mebel, musiqa asboblari, radiopriyomniklar tayyorlashda, qishloq xoʻjaligi mashinasozligida, qogʻoz sanoatida ishlatiladi. Oʻzbekistonda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Oʻzbekistonning Toshkent, Andijon, Fargʻona, Samarqand va boshqa shaharlarida L.ning keksa va yosh tuplari bor. L.ni urugʻidan koʻpaytirish usullari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika ishlab chikarish markazining Botanika bogʻida ishlab chiqilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |