Loral O'Hara
Loral O'Hara (talaffuzi: Lo'rel O'hara 1983-yil 3-mayda tug'ilgan) - amerikalik muhandis va NASA astronavti.
Loral O'Hara | |
---|---|
Tavalludi |
3-may 1983-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Kosmik karyera | |
Hozirgi kasb |
Tadqiqot muhandisi |
Tanlash | NASA guruhi 22 |
Erta hayot va ta'lim
tahrirLoral Eshli O'Hara 1983-yil 3-mayda Xyustonda (Texas ) Sindi va Stiv O'Hara oilasida tug'ilgan. U Texasning Sugar Land shahrida o'sgan. Loral Klements o'rta maktabida o'qigan. U 2005-yilda Kanzas universitetida aerokosmik muhandislik fanlari bakalavri va 2009-yilda Purdue universitetida aeronavtika va astronavtika fanlari magistri darajasini oldi. O'Xara talaba bo'lganida KC-135 parvozi dasturida qatnashgan[1][2].
Muhandislik faoliyati
tahrirO'Hara Oklaxoma shtatidagi Rocketplane Limited kompaniyasida ishlagan. 2009-yilda O'Xara Woods Hole Okeanografiya Institutida ishlay boshladi. U DSV Alvin suv osti kemasini modernizatsiya qilishda qatnashgan va Jeyson kampaniyasi uchun muhandis bo'lib ishlagan[1].
NASA faoliyati
tahrirO'Hara ilgari Goddard kosmik parvozlar markazidagi NASA akademiyasida qatnashgan va Jet Propulsion Laboratory'da amaliyot o'tagan. 2017-yil iyun oyida u astronavt nomzodi sifatida tanlandi va avgust oyida mashg'ulotlarni boshladi[1][3]. 2020-yil 10-yanvarda O'Xara NASA astronavt nomzodlik dasturini tugatdi va koinotga parvoz qilish huquqiga ega bo'ldi.
2022-yil 15-iyulda NASA Loralni “Soyuz MS-23” bortida uchishini eʼlon qildi[4].
Shaxsiy hayot
tahrirO'Hara xususiy uchuvchi, sertifikatlangan tez tibbiy yordam bo'yicha mutaxassis va cho'lda birinchi yordam ko'rsatuvchi hisoblanadi. U sayohat qilishni, suvga sho'ng'ishni, uchishni, chang'i uchishni, piyoda sayr qilishni, g'or qazishni, kitob o'qishni va rasm chizishni yaxshi ko'radi[1].
Mukofot va unvonlar
tahrir2008-yilda O'Hara Milliy Fan Jamg'armasi Bitiruvchi tadqiqot stipendiyasiga sazovor bo'ldi[5]. 2015-yilda u TEDx New Bedford ko‘rgazmasiga ma’ruzachi sifatida taklif etilgan[6].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Garcia, Mark. „Astronaut Loral O'Hara“ (en). NASA (2018-yil 7-fevral). 2022-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-sentyabr.
- ↑ „Loral Ashley O'Hara“. Biographies of U.S. Astronauts. Spacefacts (2018-yil 18-aprel). Qaraldi: 2018-yil 13-sentyabr.
- ↑ Harwood, William. „NASA introduces 12 new astronauts“. CBS News. CBS Broadcasting (2017-yil 7-iyun). Qaraldi: 2017-yil 8-iyun.
- ↑ „Rogozin removed as head of Roscosmos as seat barter agreement signed“. www.spacenews.com (2022-yil 15-iyul). Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
- ↑ „National Science Foundation Fellowship Program“ (en). National Science Foundation (2018-yil 6-sentyabr). 2018-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-sentyabr.
- ↑ TEDx Talks. „From Space to Seafloor: The Joy is in the Journey - Loral O'Hara - TEDxNewBedford“ (2015-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.