Lorenzo Antonio Melgarejo Sanabria Sanabriya (talaffuzi: Lorenso Antonio Melgarexo Sanabriya; 1990-yil 10-avgustda paragvayda tugʻilgan) — paragvaylik futbolchi, „Libertad“ futbol klubi va Paragvay terma jamoasining himoyachisi.

Lorenzo Melgarejo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lorenzo Antonio Melgarejo Sanabria
Tavallud sanasi 10-avgust 1990-yil (1990-08-10) (33 yosh)
Tavallud joyi Loma Grande, Paragvay
Boʻyi 1.78
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Libertad
Raqami 35
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
El Porvenir Alteño
Libertad
Independiente CG
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009 12 de Octubre 22 (7)
2010 Olimpia 12 (1)
2011 Independiente CG 17 (8)
2011—2013 Benfica 21 (2)
2011—2012 → Paços Ferreira (ijara) 29 (10)
2013 Benfica B 1 (0)
2013—2016 Kuban Krasnodar 47 (15)
2016—2020 Spartak Moscow 88 (11)
2020—2021 Racing 16 (5)
2021— Libertad 41 (22)
Milliy terma jamoa
2009—2010 Paragvay U20 3 (0)
2012— Paragvay 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 28-avgust uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Lorenzo Melgarejo professional futbolchilik faoliyatini 19 yoshida „12 de Octubre“ futbol klubida boshlagan. Birinchi mavsumda u klub safida 19 ta oʻyin oʻtkazib, 7 marta raqib darvozasiga zarba yoʻllagan.

2010-yil boshida u „Olimpia“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 31-yanvar kuni „Rubio Ñú“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Lorenzo Melgarejo yangi klubida debyut qilgan[1]. 7-fevral kuni Lorenzo Melgarejo „Olimpia“ futbol klubi safidagi ilk golini „Tacuary“ futbol klubiga qarshi bahsda urgan[2].

Oʻsha yilning yozida Lorenzo Melgarejo Lissabonning „Benfica“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Transfer summasi 700 ming yevroni tashkil qilgan. Lorenzo Melgarejo oʻyin amaliyotiga ega boʻlishi uchun „Paços de Ferreira“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 21-avgust kuni „Unian Leria“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Sangrish ligasida debyut qilgan[3]. Oʻsha oʻyinda Melgarejo oʻzining ilk golini „Paços de Ferreira“ darvozasiga kiritgan. 2012-yilning yozida Lorenzo Melgarejo „Benfica“ futbol klubiga qaytgan. 18-avgust kuni „Braga“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[4].

Xalqaro faoliyati tahrir

2009-yilda Paragvay yoshlar terma jamoasi tarkibida Lorenzo  Melgarejo Misrda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Trinidad va Tobago terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[5].

2012-yilning 15-noyabrida Lorenzo  Melgarejo Paragvay terma jamoasida Gvatemalaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan hamda ikkinchi bo‘limda Migel Zamudio o‘rniga maydonga tushgan[6].

2013-yil 14-avgustda Kayzerslauternda Germaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (3:3) Migel Zamudioni almashtirgan[7]. Shundan soʻng u besh yil davomida terma jamoaga chaqirilmagan. Biroq, 2018-yil 24- sentyabrda futbolchi Rossiyada oʻynagan 5 yillik faoliyati davomida birinchi marta Paragvay terma jamoasiga tarkibiga olingan.

2019-yilning 14-noyabrida u Bolgariya terma jamoasiga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan. Bu uning 6 yildan so‘ng ilk bor terma jamoa safida ishtirok etgan oʻyini hisoblangan[8].

Statistika tahrir

Jamoa   Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol
12 de Octubre   Paragvay 2009 22 7
Club Olimpia 2010 12 1
Independiente de Campo Grande 2011 17 8
S. L. Benfica   Portugaliya 2011—2013 46 2
F. C. Paços de Ferreira (ijara) 2011—2012 60 15
F. C. Kubán Krasnodar   Rossiya 2013—2016 56 20
F. C. Spartak de Moscú 2016—2020 116 17
Racing Club   Argentina 2020—2021 25 7
Libertad   Paragvay 2021 29 13

Manbalar tahrir

  1. „Рубио Нью VS. Олимпия Асунсьон 1:0“ (en). soccerway.com (2010-yil 31-yanvar). 2015-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-yanvar.
  2. „Олимпия Асунсьон VS. Такуари 3:2“ (en). soccerway.com (2010-yil 7-fevral). 2017-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-aprel.
  3. „Пасуш де Феррейра VS. Униан Лерия 2:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 21-fevral). 2014-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-aprel.
  4. „Бенфика Лиссабон VS. Брага 2:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 18-avgust). 2017-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-aprel.
  5. „Тринидад и Тобаго (до 20) VS. Парагвай (до 20) 0:0“ (en). soccerway.com (2009-yil 1-oktyabr). 2017-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-yanvar.
  6. „Парагвай VS. Гватемала 3:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 15-noyabr). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-yanvar.
  7. „Германия VS. Парагвай 0:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 14-avgust). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-fevral.
  8. „Болгария VS. Парагвай 0:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 14-noyabr). 2019-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-yanvar.