Losha — Buxoro viloyati, Buxoro tumani dagi mahalla fuqarolar yigʻini hamda aholi punkti nomi[1]. Toponimning asl etimonini aniqlab boʻlmadi, Xalq orasida oʻtmishda Buxorodan Oʻrtachoʻl massiviga boriladigan yoʻl yoqasida xarob, tashlandiq koʻl boʻlib, uning qurigan oʻzanida qishloq barpo qilingan. Losha „xarob“, „aftoda“ maʼnosiga ega kabi qarashlar bor. 18-asrda yashab oʻtgan shoir Turdi Farogʻiy losha soʻzini ishlatib, shunday bayt bitgan: Molu dunyoni yigʻib, bir losha tangʻa zulm edib, Yuk ogʻir, eshak yagʻir, manzil uzoqu yoʻl xatar. Bundan maʼlumki, Buxoro shahridan Oʻrtachoʻlga chiqib ketadigan yoʻl yoqasidagi Losha qishlogʻi oʻrni ilgari xarob koʻl boʻlgan va nom shunga nisbatan berildi[2].



Manbalar

tahrir
  1. Rajabov Q, Hayitov Sh, Sodiqov F. Buxoro tuman tarixi (qisqacha ma’lumotnoma). Toshkent: Tafakkur, 2015 — 52-bet. 
  2. Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 115-bet.