Louis-Alexandre Berthier (fr. Louis-Alexandre Berthier 1753-yil 20-noyabr, Versal1815-yil 1-iyun, Bamberg) — Imperiya marshali (1804-y 19-maydan), shveysariyaliklarning general-polkovnigi (1810-yil 13-iyundan 1814-yil 22-aprelgacha), Napoleon Fransiyasining vitse-konnetabli (1807-y) egalik huquqi bilan Nevshatel knyazi, shuningdek, 1805-yildan Valenj gersogi, 1809-yildan Vagram knyazi, 17991807-yillarda harbiy ministr va bir vaqtning oʻzida 17991814-yillarda Napoleon I  ning shtabi boshligʻi. Juda koʻp Yevropa armiyalariga kirib borgan shtab ishlari asoschisi.

Louis-Alexandre Berthier
Mukofotlari Grand Cross of the Legion of Honour
Commander of the Order of Saint Louis
Vice-Grand Constable of France

Karerasining boshlanishi

tahrir

U injiner-kartograf,  general-leytenant Jan-Batist Berte (1721-1804)ning oʻgʻli edi. Boʻlgʻusi marshalning ukalari Sezar Berte (1765-1819)  va Leopold Berte (1770-1804)lar ham harbiy xizmatda boʻladilar va dvizion generallik darajasigacha yetib boradilar.

Boʻlgʻusi marshal bolaligidan geografik xaritalar bilan ishlashga qiziqar edi. Imperator Napoleon bilan yaqinlashgunga qadar (1796) Berthier Amerika va Fransuz Inqiloblari armiyalarida shtab zobiti sifatida harbiy xizmatda boʻladi[1]. Oʻsha yerdayoq Berthier oʻzini isteʼdodli shtab zobiti sifatida koʻrsata olgandi[2].

Britaniyalik tarixchi Ronald Derdelfildning fikricha, Berthier jahon tarixidagi eng yaxshi va eng mashhur shtab  boshliqlaridan biri boʻlgan. Bastiliya olingan paytda Berthier 36 yoshda boʻlib, allaqachon oʻzini mohir shtab zobiti va qisman hujjatlar bilan ishlovchi zobit sifatida tanita olgandi. Amerikalik mustamlakachilar avlodlari Britaniya qiroli Georg III ga qarshi bosh koʻtarganlarida Fransiya Amerikaga yordamga otlanadi. Berthier koʻngillilar qatorida Amerikaga yoʻl oladi. U Amerikada kapitan unvonini va bir qancha mukofotlarni olib, vataniga qaytib keladi[3]. Fransiyada Berthierni bosh shtabga olishadilar va polkovnik darajasiga koʻtaradilar. U 1789-yilda Versal Milliy gvardiyasiga boshchilik qiladi[4].

Bonapart hokimiyatga kelgan davrda Berthier allaqachon general-mayor unvoniga ega edi. 1798-yilda Italiyadagi Fransiya qoʻshinlariga bosh qoʻmondon qilib tayinlangan Berthier Rimni oladi va u yerda papa hokimiyatini tugatib, respublika eʼlon qiladi.

Misr ekspeditsiyasiga Berthier shtab boshligʻi boʻlib boradi; 1799-yilda Bonapart bilan Fransiyaga qaytib kelgan Berte 18-brumerdan soʻng harbiy ministr etib tayinlanadi,  1800-yildagi fransuz armiyasining Sen-Bernard dovonidan oshib  oʻtishidagi  va Marengo jangidagi gʻalabasida shtab boshligʻi sifatida Berthierning roli beqiyosdir. Napoleon imperator deb eʼlon qilingach, 1804-yilda Berthierga marshallik darajasi va “Faxriy legion” unvoni beriladi.

 
Berthier 1796-yilda Napoleonning Italiyadagi birinchi kampaniyasida u 1814-yilda taxtdan voz kechgunga qadar shtab boshligʻi edi. Grande Armée ning operatsion samaradorligi uning katta ma’muriy va tashkiliy qobiliyatlari bilan bogʻliq.

Napoleonning shtabi boshligʻi

tahrir

Berthierning martabasi har tomonlama daxlsiz boʻlishi kerak edi, faqat bitta kamchiligi bor edi. Berte shtabda qirol edi, lekin jang maydonida yoki armiyani mustaqil boshqarishda uquvsizroq, koʻngli boʻshroq odam edi. Bunday vaziyatlarda Berthier kuchliroq rahbarning buyruqlariga muxtoj boʻlib qolardi. U haqida tarixchi Derdelfild shunday yozadi: “U juda yoqimtoy va sodiq, shu bilan birga har bir ishni maromiga yetkazadigan, oʻta punktual,  shuningdek, eng zarur joylarda vaqtida paydo boʻladigan shaxs edi. Xotirasi esa ikir-chikirlargacha eslay olish qobiliyatiga ega fenominal xotira edi. Berthier soʻralgan paytda armiyaning xohlagan qismining  soni va joylashuvini bexato aytib bera olardi”.

Biroq uning tugʻma jurʼatsizligi, qattiqqoʻl rahbarga ehtiyojmandligi bor gap edi. Aynan shunday kuchli rahbar korsikalik Bonapart boʻlib chiqqandi. Napoleonning harakatlarini hech kim oldindan  ayta olmas, u kerakli paytda zarur qarorni qabul qila oladigan shaxs edi.

Berthier Napoleon bilan 20 yil davomida yonma-yon yuradi. U to 1814-yilgacha Napoleonning barcha urushlaridagi kampaniyalarining rejalarini ishlab chiqishda salmoqli rolni oʻynagan edi. Ayniqsa, 1805-yildagi Buyuk Armiyaning La-Mansh qirgʻoqlaridan Avstriya tekisliklariga qarab amalga oshirgan shiddatli yurishi (marsh brossok)da Berthierning shtab boshligʻi sifatida ishlab chiqqan rejasining oʻrni  beqiyos edi. Austrlitsdagi gʻalaba aynan mana shu yurushning mantiqiy yakuni boʻlgandi. Vagram jangidan keyin Napoleon Berthierga Vagram knyazi rutbasi (titul)ni bergandi[4].

 
Lui-Aleksand Bertierning gerbi.

Napoleon Berthierni shtab boshligʻi sifatida yuqori baholardi. Muqaddas Yelena orolida Vaterloo yonida boʻlgan jangdagi magʻlubiyati sabablarini mushohada qilarkan, Napoleon shunday deb qistirib oʻtib ketadi: “Agar shtab boshligʻi Berthier boʻlganida, men jangni boy bermagan boʻlardim”[5].

 
Berthier maréchal de lager sifatida 1792-yilda, Fransua-Gabriel Lépaulle (1834)

Shaxsiy hayoti

tahrir

1808-yilda Napoleonning undovi bilan Berthier Bavariya qirolining jiyani boʻlmish gersog Vilgelmning qizi Mariya Yelizavettaga uylanadi. Toʻy munosabati bilan Berthier imperatordan “Egoist” (xudbin) nomli servizni toʻyona sifatida oladi. Bu harbiy yurushlarda  doimo mening yonimda yurasan degan ishora edi.

Uning farzandlari:  Napoleon Aleksandr Lui Jozef (1810-1887),  Karolina Jozefina (1812-1905),  Mariya  Anna Vilgelmina Aleksandrina  Yelizaveta (1816-1878).

1814-yilda Napoleon taxtdan voz kechgach,  kibr-havoli rafiqasining maslahati bilan marshal Berthier qirol Lyudovik XVIII ning xizmatiga kiradi. 1815-yil 1-iyun kuni noma’lum sabablarga koʻra Berthier Bambergdagi saroyining uchinchi qavati oynasidan pastga tushib halok boʻladi. Bu fojea mashhur Yuz kun davrida yuz bergandi (oʻz joniga qasd qilgan degan taxminlar bor). Berthier qaynotasining Bansdagi qasri hovlisiga dafn etilgan[4].

Shuningdek, Berthierni italiyalik grafinya Jozeppina (Jozefina) Viskonti bilan sevgi aloqalari haqida ham gap-soʻzlar yurgan. Ularning 1796-yilda Birinchi italyan

kampaniyasida boshlangan sevgi  aloqalari salkam 20 yil davom etgan edi. Berthier Viskonti xonimga uylana olmasdi, chunki u erli xotin edi. Shuning uchun Berthier Napoleonning qistovi bilan Bavariya malikasiga uylangandi. Marshalning malika bilan Parijda oʻtkazilgan nikohi haqidagi xabardan biroz oʻtib, grafinya Viskontining eri graf Viskontining oʻlimi haqidagi xabar keladi. Endigina  unashtirilgan Berthier sevimli ayoli bilan birga boʻlish imkonidan mahrum boʻlganini bilib juda xafa boʻlgandi. Lekin u uylangach ham Viskonti xonim bilan aloqada boʻlib turgan edi[1].

Mukofotlari

tahrir

Faxriy legion unvoni, katta burgut (1805.02.02.)

Faxriy legion unvoni, buyuk zobit (1804.14.06)

Avliyo Lyudovik ordeni, komandor (1814)

Avliyo Lyudovik ordeni, kavaler (1788)

Karmel notrdami va Qudduslik avliyo Lazar ordeni (1773)

Vengriya qirolligining Avliyo Stefan ordeni (Avstriyaning katta xochi)

Maksimilian Iosif harbiy ordeni, katta xoch (Bavariya qirolligi)

Sadoqat ordeni, katta xoch (Baden buyuk gersogligi)

Vestfaliya toji ordeni, buyuk komandor (Vestfaliya qirolligi)

Oltin burgut Ritsarlik ordeni, katta xoch (Vyurtemberg qirolligi)

Avliyo Iosif ordeni, katta xoch (Vyursburg buyuk gersogligi)

Lyudvig ordeni (Gessen buyuk gersogligi)

Temir toj ordeni, buyuk mulozim (Italiya qirolligi)

Qora burgut ordeni (Prussiya)

Avliyo Andrey Pervozvanniy ordeni (Rossiya 1807.03.(15)17.)

Avliyo Aleksandr Nevskiy ordeni (Rossiya 1807.27.06 (09.07.)

1-darajali Muqaddas Anna ordeni (1807.27.06.(09.07).

Rut toji ordeni, katta xoch (Saksoniya qirolligi)

Avliyo Genrix harbiy ordeni, katta xoch (Saksoniya qirolligi)[6].

Kinodagi obrazi

tahrir

San-Jan xonim  (ovozsiz kino AQSH  1925-y.) — aktyor Jan Jakinet

Dezire Klarining gʻaroyib  taqdiri (Fransiya 1942-y) — aktyor  Jan Davi

Kutuzov (1943-y. SSSR) — aktyor  Yevgeniy Kalujskiy

Austrlits (1960-y. Fransiya, Italiya, Yugoslaviya) — aktyor  Andre Sertes

Urush va tinchlik  (1972-y. Buyuk  Britaniya, teleserial) — aktyor  Jon Breslin.

Xotira

tahrir

Berthierning ismi va familiyasi Parijdagi  Yulduz maydonidagi  Zafar darvozasining janubiy peshtogʻiga yozib qoʻyilgan.

Kanadada 1916-yil, Fransiyada esa 1921-yilda marshal Berthier sharafiga qoʻyilgan kemalar aniqlangan.

Galeriya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Watson 1957
  2. Делдерфилд Р. Ф. Маршалы Наполеона. — M.: Центрполиграф, 2001. — С. 24—26.
  3. Делдерфилд Р. Ф. Там же. — С. 157.
  4. 4,0 4,1 4,2 Троицкий Н. А. Маршалы Наполеона . // Новая и новейшая история. 1993. № 5. — С. 166—178.
  5. „Berthier, The Indispensable Marshal“ (2020-yil 10-noyabr). 2020-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-noyabr.
  6. Отечественная война 1812 года и освободительные походы Русской Армии 1813—1814 годов. Источники. Памятники. Проблемы. Материалы XXIII Международной конференции 3-5 сентября 2019 г. Бородино. 2020 г. // С. Ю. Рычков. Историческая память об участниках Бородинского сражения в названиях кораблей. С. 302—328[1]