Versal
Versal, Vereai — Fransiyadagi shahar. Ivelin departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 95 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). 1624— 26 yillarda Lyudovik XSH qurdirgan qasr oʻrnida barpo qilingan. 1682—1789 yillarda Fransiya qirollarining qarorgohi boʻlgan. 1870—71 yillardagi Fransiya-Prussiya askarlari Versalni okkupatsiya qilgan. Versalda 1783 yil hamda 1919 yil Versal sulh shartnomasi imzolangan. Ikkinchi jahon urushi paytida Versalni nemis qoʻshinlari bosib olgan. Keyinchalik ulardan ozod etilgan.
Versal muhim temir yoʻl tuguni. Mashinasozlik korxonalari mavjud. Shaharda bir nechta harbiy bilim yurtlari joylashgan. Shahardagi ayrim saroylar yaxlit meʼmoriy ansambl holiga keltirilgan (1661—1708 yillar, klassitsizm uslubida). Ulugʻvor saroy ulkan park bilan uzviy bogʻlangan. Saroyning old tomoni salobatli, ichi hashamatli. Parkda haykallar, fontanlar bor.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |