Louis Charlz Baillon (talaffuzi: Lui Bayon) (1881-yil 5-avgust Port-Stenli – 1965-yil 9-sentyabr Briksvorf)- ingliz chim ustida xokkeychisi, himoyachi ampulasida oʻynagan. 1908-yilgi Olimpiya chempioni.

Louis Baillon
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1881-yil 5-avgust
Tavallud joyi Port-Stenli, Buyuk Britaniya Birlashgan Qirollik
Vafot sanasi 1965-yil 9-sentyabr
Vafot joyi Buyuk Britaniya

Biografiyasi

tahrir

Louis Baillon 1881-yil 5-avgustda Buyuk Britaniyaga qarashli Folklend orollarining poytaxti Stenli shahrida tugʻilgan. Uning otasi Louis Avgustin Baillon 19-asr oʻrtalarida chorvachilik bilan shugʻullanish uchun Folklend orollariga koʻchib qilgan, biroq 1888-yilda oilasi bilan Angliyaga qaytib kelgan[1].

Baillonn koʻplab sport turlari bilan shugʻullangan. Futbol va tennis bilan muvaffaqiyatli natijalarga erishgan. Baillon Nortgempton tarkibida chim ustida xokkey oʻynagan.

1908-yilda u Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida Angliyaning chim ustidagi xokkey jamoasiga qoʻshilgan. Buyuk Britaniya tarkibida oltin medalni qoʻlga kiritishgan. Baillon himoyachi sifatida oʻynagan, 3ta oʻyin oʻtkazgan, birorta ham gol urmagan.

1914—1920-yillarda Fransiyada harbiy xizmat qilgan va xokkey oʻynashni davom ettirgan. U Angliya terma jamoasi safida 9 ta oʻyin oʻtkazgan[2]. Baillon futbolchilik faoliyatini 30 yoshida yakunlagan. Keyinchalik u Britaniyaning Phipps Northampton pivo kompaniyasining menejeri boʻlib ishlagan[1]. Baillon 50 yoshida ham futbol oʻynashni davom ettirgan, Uandsvort jamoasida oʻynagan[2].

U 1965-yil 9-sentyabrda Angliyaning Briksvort qishlogʻida vafot etgan.

2017-yilda Bayonning sport yodgorliklari Stenli muzeyiga topshirilgan[1].

Oilasi

tahrir

1910-yildan u ingliz xokkeychisi Mildred Izabel Grin (1881—1949) bilan oila qurgan. Ularning toʻrt oʻgʻli va bir qizi boʻlgan.

Oʻgʻillari Pol (1914—1940) va Mark (1916—1940) Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan. Richard (1912—2003) va Louis (1911—1991) ham urushda qatnashgan va keyinchalik regbi bilan shugʻullanishgan. Qizi Mildred (1917-yilda tugʻilgan) ham Ikkinchi jahon urushi paytida havo kuchlarida xizmat qilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „DFB“. www.falklandsbiographies.org. 2020-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-yanvar.
  2. 2,0 2,1 „Louis Baillon Bio, Stats, and Results“ (en). Olympics at Sports-Reference.com. 2012-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-yanvar.