Lovely Day“(tarjimasi „Ajoyib kun“) — amerikalik soul va R&B qoʻshiqchisi Bill Withers ijrosidagi qoʻshiq. „Lovely Day“ qoʻshigʻi Whiters va Skip Scarborough tomonidan yozilgan. „Lovely Day“ qoʻshigʻi 1977-yil 21-dekabrda Whitersning „Menagerie“ albomida chiqarilgan.

„Lovely Day“
Fayl:Lovely Day - Bill Withers.jpeg
Bill Withers singli
„Menagerie“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1977-yil 21-dekabr
Janr
Davomiyligi
  • 3:46 (singl versiyasi)
  • 4:15 (albom versiyasi)
Leybl Columbia
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
Bill Withers singllari xronologiyasi
„Close to Me“
(1977-yil)
Lovely Day
(1977)
„Lovely Night for Dancing“
(1978-yil)

„Lovely Day“ qoʻshigʻi Whitersning 18 soniya davomida kuylagan notasi bilan ajralib turadi.Bu nota Amerika pop musiqasi tarixida ijro etilgan eng uzun notalardan biri hisoblanadi. „Lovely Day“ qoʻshigʻi 2021-yilda Rolling Stone jurnalining „ Barcha zamonlarning eng yaxshi 500 ta qoʻshigʻi“ roʻyxatida 402-oʻrinni egalladi.

Tarixi

tahrir

1977-yil oxirida sing sifatida chiqarilgan „Lovely Day“ qoʻshigʻi AQSHning "Billboard R&B" chartida 6-oʻrinni, 1978-yilda AQSHning "Billboard Hot 100" chartida 30-oʻrinni egalladi[1]. Shuningdek, „Lovely Day“ qoʻshigʻi Buyuk Britaniyaning "British single chart"ida eng yaxshi 10 ta xit qatoriga kirib, 7-oʻrinni egalladi[2].

„Lovely Day“ qoʻshigʻi Buyuk Britaniya chartlarida kamida ikki marotaba yuqori oʻrinni egallagan[3]. „Lovely Day“ qoʻshigʻining remiks versiyasi 1990-yillarning boshlarida efirda juda koʻp marotaba chiqarilgan. Natijada qoʻshiqning asl versiyasiga qiziqish ortib ketgan. 1995-yilda „Lovely Day“ qoʻshigʻi „Tetley“ choyi reklamalarida, 1999-yildaHype Williams rejissyorligidagi Gap reklama roligida va 2020-yilda „NFL Network Allstate“ telekompaniyasining „Good Morning Football“ nomli koʻrsatuvida namoyish etilgandan soʻng qoʻshiqqa jamoatchilikning qiziqishi yanada ortdi. 2021-yilning 20-yanvarida „Lovely Day“ qoʻshigʻi Demi Lovato ijrosida „Lin-Manuel Miranda“ guruhi va bir nechta oldingi tibbiyot xodimlarining vokallari yordamida COVID-19 pandemiyasi davrida Prezident Joe Bidenning inauguratsiyasidan keyin „Celebrating America“ deb nomlangan koʻngilochar koʻrsatuvning bir qismi sifatida namoyish etilgan[4].

Prodyuser Clarence McDonald „Lovely Day“ qoʻshigʻining 1977-yilgi original versiyasining aranjirovkasini qilgan va qoʻshiqning klavishli cholgʻu asobidagi qismini ijro etgan. Gitaralarni Ray Parker Jr., Jerry Knightlar chalishgan.Rus Kunkel esa baraban chalgan.

Tarkibi

tahrir

"Lovely Day" qoʻshigʻining oxirida Withers 18 soniya davomida notani ushlab turadi. Bu koʻrsatkich Qoʻshma Shtatlar „Top 40“ xitlari chartidagi eng uzun nota hisoblanadi[5].

Buyuk Britaniya charti tarixidagi eng uzun nota „Summer Moved On“ (2000) filmidagi Morten Harket ijrosidagi „A-ha“ning 20 soniyalik notasi hisoblanadi. Undan keyin „Sheriff“ guruhi aʼzosi Freddy Curcining 1983-yilda AQSHda xit boʻlgan „When I’m with You“ qoʻshigʻidagi 20 soniyalik notasi oʻrin olgan.

Xodimlar

tahrir
  • Bill Withers — vokal
  • Clarence McDonald — klaviashli cholgʻu asbobi
  • Ray Parker Jr. — gitara
  • Jerry Knight — bas gitara
  • Russ Kunkel — baraban, shaker
  • Ralph MacDonald — perkussiya
  • Charles Veal — konsertmeyster

Chartlar

tahrir

Haftalik chartlar

tahrir
Chart (1977-78) Oʻrin
Avstriya (Ö3 Austria Top 40)[6] 18
Belgiya (Ultratop)[6] 11
Kanada(Canada Top Singles (RPM)) 23
Kanada(Canada Adult Contemporary (RPM))[7] 44
Fransiya (SNEP)[6] 1
Niderlandiya (Dutch Top 40) 24
Niderlandiya (Single Top 100) 24
Buyuk Britaniya (UK Singles (OCC))[6] 7b
AQSH (Billboard Hot 100) 30
AQSH (R&B Singles (Billboard)) 6
AQSH (Easy Listening (Billboard)) 25
AQSH (Cash Box Top 100)[8] 23
Chart (1987-88) Oʻrin
  Irlandiya (IRMA)[9] 7
Buyuk Britaniya (UK Singles (OCC)) (remiks)[10] 4
Buyuk Britaniya (UK Singles (OCC)) (original versiyasi)[10] 92


Yil chartlari

tahrir
Chart (1978) Oʻrin
Kanada (RPM)[11] 173
Buyuk Britaniya (UK Singles) (OCC)[12] 85
AQSH (Billboard Hot 100)[13] 182
Chart (1988) Oʻrin
Buyuk Britaniya(UK Singles) (OCC)[14] 38


Koverlar

tahrir

"Lovely Day" qoʻshigʻining Withers ijrosidagi original variantidan koʻplab koverlar ijro etilgan. „Lovely Day“ qoʻshigʻining koveri Buyuk Britaniyaning „Central Line“ guruhining 1983-yilgi „Choice“ nomli albomida paydo boʻldi. Bu kover Buyuk Britaniya „Singles Chart“ida 81-oʻrinni egalladi[15]. Buyuk Britaniyaning Alt-J guruhi „Lovely Day“ qoʻshigʻi koverini oʻzlarining 2014-yilgi „This Is All Yours“ nomli albomida eʼlon qilishdi[16].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Whitburn, Joel (1996). The Billboard Book of Top 40 Hits, 6th Edition (Billboard Publications)
  2. „Bill Withers - Full Official Chart History“. Official Charts Company. Official Charts Company. Qaraldi: 2016-yil 19-yanvar.
  3. „Bill Withers - Full Official Chart History“. Official Charts Company. Official Charts Company. Qaraldi: 2016-yil 19-yanvar.
  4. Willis. „Demi Lovato Belts Out Uplifting Performance of 'Lovely Day' on 'Celebrating America' TV Special“. ET. CBS Studios Inc. Qaraldi: 2021-yil 21-yanvar.
  5. „Lean On Me singer Bill Withers dies at 81“. BBC News Online (2020-yil 3-aprel). Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 „Songs from the Year 1978“. Tsort.info. Qaraldi: 2016-yil 12-oktyabr.
  7. „Image : RPM Weekly - Library and Archives Canada“. Bac-lac.gc.ca (2013-yil 17-iyul). Qaraldi: 2016-yil 12-oktyabr.
  8. „Cash Box Top 100 2/11/78“ (2015-yil 10-fevral). 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
  9. "The Irish Charts – Search Results – Lovely Day". Irish Singles Chart. Qaraldi: 2017-yil 11-iyul.
  10. 10,0 10,1 „lovely+day | full Official Chart History | Official Charts Company“. Officialcharts.com. Qaraldi: 2016-yil 12-oktyabr.
  11. „Image : RPM Weekly - Library and Archives Canada“. Bac-lac.gc.ca (2013-yil 17-iyul). Qaraldi: 2016-yil 12-oktyabr.
  12. „Top 100 1978 - UK Music Charts“. Uk-charts.top-source.info. Qaraldi: 2016-yil 12-oktyabr.
  13. „Billboard Top 100 - 1978“. Qaraldi: 2010-yil 31-dekabr.
  14. „Top 100 Singles: 1988“, BPI YearBook 1989/90. London, England: British Phonographic Industry, 1991 — 64–65-bet. ISBN 978-0-9061-5410-6. 
  15. „Central Line - Full Official Chart History“. Official Charts Company. Official Charts Company. Qaraldi: 2016-yil 19-yanvar.
  16. „alt-J's 'Lovely Day' - Discover the Original Song“ (en). WhoSampled. Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.

Havolalar

tahrir