Loyan — Xitoyning markaziy qismidagi shahar, Loxe daryosi sohilida, Xenan provinsiyasida. Aholisi 1,5 mln. kishidan ziyod. Transport yoʻllarining muxim tuguni. Traktorlar, konchilik jihozlari va sharikli podshipniklar ishlab chiqaruvchi yirik markaz. Qurilish sanoati rivojlangan. Shuningdek, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, ip gazlama sanoati korxonalari bor. L. yaqinida toshkoʻmir va temir rudasi qazib olinadi.

Shaharga miloddan avvalgi 1108-yilda asos solingan. Dastlab Loi deb atalgan. Choju (miloddan avvalgi 770—516 yillar), Soʻnggi Xan (miloddan avvalgi 25—220), Gʻarbiy Szin (265— 316), Shimoliy Veey (386-534), Sunggi Tan (10-asr) kabi bir qancha Xitoy sulolalari davlatining poytaxti boʻlgan. Barcha davrlarga oid tarixiy va badiiy yodgorliklar: shahar devorlari, saroylar, ibodatxonalar, imperatorlar maqbaralari saqpangan. Xitoyda dastlabki budda ibodatxonalaridan biri boʻlgan shahar chekkasidagi Baymasi ibodatxonasi (miloddan avvalgi 68 yilda qurilgan) va Lunmun gor ibodatxonasi (5—9-asrlar), ayniqsa, mashhur. 1958-yilda L. yaqinida Guan Yuya ibodatxonasida temirdan yasalgan buyumlar, jez idishlar, oynalar, qurollar koʻplab toʻplangan muzey ochilgan. Issiqlik elektr st-yasi qurilgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil