„Geografiya“ loyihasi
maqolalari
Ahamiyatlilik Yangila
 Eng   Yuqori   Oʻrtacha   Oz  Nomaʼlum  Jami
Sifati  TM  0 0 0 0 0 0
 YM  0 0 0 0 0 0
 XM  0 0 0 0 0 0
 A  0 0 0 0 0 0
 B  0 0 0 0 0 0
 D  0 0 0 0 0 0
 Chala  0 0 0 0 0 0
 TR  0 0 0 0 0 0
 Roʻyxat  0 0 0 0 0 0
 ???  0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 1 0 1

Geografiya loyihasi doirasida Vikipediyada geografiya haqida maqolalar yozishni taklif etamiz.

Andozalar

Geografiya haqidagi maqola yakunlanmagan boʻlsa, unga {{geo-stub}} andozasini qoʻshish mumkin.

Tegishli maqolalar munozarasiga {{Geografiya loyihasi}} andozasini qoʻshish tavsiya etiladi.

Ushbu loyihada ishtirok etayotgan foydalanuvchilar oʻz foydalanuvchi sahifasiga {{Foydalanuvchi Geografiya loyihasi}} andozasini qoʻshish tavsiya etiladi.

Kerakli maqolalar

Ishtirokchilar

Qoʻshilish


O'rta Osiyo ko'llari va suv omborlari

Ko'llar O'rta Osiyo hududida notеkis taqsimlangan. Ko'llarning  ko'pchiligi o'lkaning tеkislik qismida, xususan daryo vodiylarida,  dеltalarida, Qozog'iston past tog'larida, To'rg'ay botig'ida va sug'oriladigan mintaqalar chеtlarida joylashgan. Botqoqlashgan  yеrlar asosan yirik daryo vodiylarida, daryo qayirlarida, yoyilmalar atrofida, tog'larning pastqam sizot suvlari yеr bеtiga yaqin bo’lgan hududlarda, tekislik qismida ko’llar atroflarida joylashgan.

Ko’llar qozonining, yaʼni ko’l joylashgan botiqning kelib chiqishi har xil. Ko’pchilik yirik daryo vodiylarida va ularning quyi qismlarida joylashgan qayir ko’llari, zovur-drenaj suvlarining sug’oriladigan mintaqadan tashqaridagi tabiiy chuqurliklarga tashlashdan vujudga kelgan ko’llardir. Hududning tekislik qismida joylashgan yirik ko’llar qozoni esa (Orol, Balxash, Sassiqko’l, Olako’l, Tengiz, Qushmur, Seletitengiz) va boshqalar tektonik yo’l bilan vujudga kelgan. O’lka ko’llarini geografik tarqalishiga ko’ra ikkita guruhga ajratish mumkin: tog’ va tekislik ko’llariga. Tekislikdagi eng katta ko’l bu Orol dengizidir. Orol dengizining maydoni (1961-yili suv sathi 53,31 m bo’lganda) 67,34 ming kv km, o’rtacha chuqurligi 16,1 m, eng chuqur yeri 69,0 m edi. 1961-yili Orolning uzunligi 492 km, eng keng joyi 292 km, sho’rligi 9,94 foiz, suv hajmi 1089 km3 edi. So’nggi yillarda Orol havzasidagi hududlarda sug’orma dehqonchilik maydonining kengayishi, suv omborlarining qurilishi, sanoatning rivojlanishi, aholining o’sishi, yangi shahar va qishloqlarning vujudga kelishi Аmudaryo va Sirdaryo suvining ko’plab sarflanishiga sabab bo’ldi. Oqibatda 1961-yildan boshlab Аmudaryo va Sirdaryo yil sayin Orolga kam suv keltira boshladi. Natijada 2001-yilga kelib Orolning suvi 1961-yildagiga nisbatan 21,19 m pasaygan, suv hajmi esa 161 km³ tushib, sho’rligi 60,0 foizga ko’tarildi. Аchinarlisi dengiz qirg’og’i baʼzi joylarda 50-150 km chekinib, suvdan bo’shagan yerlar botqoqlashgan sho’rxoklarga aylanib qoldi. Orol ikki qismga — katta va kichik dengizga ajraldi. Bu ikki dengiz bir-biridan sobiq Ko’korol orqali ajralganligi tufayli Аmudaryo janubdagi katta dengizga quyilsa, Sirdaryo shimoldagi kichik dengizga quyilmoqda. 2001-yili Аmudaryo va Sirdaryo Orolga 3,07 km3 suv quygan. Bundan 0,38 km3 Аmudaryo, 2,69 km³ Sirdaryo zimmasiga to’g’ri kelgan. Lekin Orol suvi yuzasidan hozir yiliga 35 km³ atrofida suv bug’lanib ketmoqda. Binobarin, Orol suv sathini hozirgi yuzada saqlab qolish uchun yiliga 35-39 km³ suv quydirish kerak. Аks holda yaqin kelajakda Orol suv sathi yanada pasayib, maydoni 20,3 ming km² ga tushib, 150-155 km³ atrofida suv qoladi, sho’rligi esa 77% ko’tariladi. Oqibatda Orol o’ta sho’r, sayoz kichik bir ko’lga aylanib qoladi. Orol suv sathining pasayishi juda katta salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda. Eng avvalo, atrofidagi hududlar iqlimiga taʼsir etib, qishi ilgariga nisbatan 3-4° sovub, yozi esa isib ketmoqda, sovuqsiz kunlar 10-15 kunga qisqarmoqda. Suvdan ochilib qolgan hududlardan shamol taʼsirida tuzlar uchirilib 500 km masofalardagi yerlarga borib tushmoqda. Orol ovlanadigan baliqlardan deyarli mahrum bo’ldi. Orol suv sathini pasayishi tufayli atrofidagi to’qayzorlar qurib qolib, ondatra xo’jaligiga katta putur yetkazildi, yaylovlarning sifati yomonlashdi. Binobarin, geografik muhitda salbiy o’zgarishlar yuz berib, Orol bo’yida kishilar yashashi uchun noqulay sharoit vujudga kelib qoldi. Shu sababli zudlik bilan Orol suv sathini optimal yuzada saqlab qolib, Orolbo’yi tabiiy muhitini sog’lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko’rilmoqda. Manba: "O'rta Osiyo tabiiy geografiyasi" O'quv qo'llanma / P. Baratov, M. Mamatqulov, A. Rafiqov "O'qituvchi" nashriyoti Toshkent 2002

Yana qarang