Lucas Tolentino Coelho de Lima (Lucas Paquetá nomi bilan tanilgan; 1997-yil 27-avgust) – braziliyalik professional futbolchi boʻlib, u Angliya Premyer-ligasining West Ham United klubi va Braziliya milliy futbol terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi va qanot hujumchisi sifatida oʻynaydi.

Lucas Paquetá
Paquetá 2022-yilda West Ham United safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lucas Tolentino Coelho de Lima[1]
Tavallud sanasi 27-avgust 1997-yil (1997-08-27) (27 yosh)
Tavallud joyi Rio de Janeiro, Braziliya[2]
Boʻyi 1.80 m[3]
Ampluasi Hujumkor yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
West Ham United
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007–2016 Flamengo
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016–2019 Flamengo 67 (15)
2019–2020 AC Milan 37 (1)
2020–2022 Lyon 67 (18)
2022– West Ham United 59 (8)
Milliy terma jamoa
2016–2017 Braziliya U20 8 (1)
2018– Braziliya 8 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(19-may 2024-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (7-iyul 2024-yil uchun)

Paquetá oʻz faoliyatini 2007-yilda Flamengo klubida boshlagan va u yerda u 2016-yilda Copa São Paulo de Júniores titulini qoʻlga kiritgan. 2016-yilda kattalar jamoasiga koʻtarilganidan soʻng, u 2019-yilda Italiya grandi AC Milan ga oʻtish uchun Yevropaga koʻchib oʻtdi va u yerda ikki mavsum oʻynadi. Keyin u Fransiyaning Lyon klubiga oʻtdi va 2022-yilda Angliyaning „West Ham United“ klubi bilan shartnoma imzoladi va oʻzining debyut mavsumida UEFA Yevropa konferentsiya ligasini qoʻlga kiritdi.

Paquetá Braziliya milliy terma jamoasi sharafini 2019, 2021 va 2024 yillarda Copa América musobaqasida himoya qilgan, 2019-yilgi turnirda gʻoliblikni qoʻlga kiritishgan va 2022 yilgi FIFA Jahon chempionatida ham jamoa tarkibida edi.

Klubdagi faoliyati

tahrir

Dastlabki faoliyati

tahrir

Lucas Paquetá „Flamengo“ga 2007-yilda 10 yoshida kelgan. 15 yoshida u texnik jihatdan juda mahoratli boʻlgan, lekin oʻz yoshidagi boshqa oʻyinchilarning jismoniy xususiyatlariga ega emas edi (boʻyi atigi 5 fut edi). 18 yoshida boʻyi 27 sm (10,6 dyum) oʻsdi. 2016-yilda Flamengo yoshlar jamoasi bilan Braziliyadagi eng muhim yoshlar turniri boʻlgan São Paulo de Júniores kubogini qoʻlga kiritdi. Boshqa ajoyib oʻyinchilar Léo Duarte, Felipe Vizeu va Ronaldo kabilar qatorida Lucas musobaqadan soʻng klubning professional jamoasiga qoʻshiladi[4].

Flamengo

tahrir

2016-yil mart oyida Paquetá Flamengoning professional jamoasiga qoʻshilib, shartnomasini 2020-yilgacha uzaytiradi[5]. 2016-yil 5-mart kuni Lucas 2016-yilgi Rio-de-Janeyro davlat ligasi oʻyinida Bangu ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda jamoasi tarkibida debyut qiladi[6]. Paquetá oʻzining professional futboldagi birinchi golini 2017-yil 19-fevral kuni Volta Redondadagi Estádio Raulino de Oliveira stadionida Madureiraga qarshi 4:0 gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritadi.

Paquetá 2017-yilgi Braziliya kubogi finalida „Maracana“ stadionida Cruzeiro qarshi (1:1) oʻyinda va 2017-yilgi „Maracana“ stadionida boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika kubogi finalida „Independiente“ga qarshi (1:1) oʻyinlarda gol urgan. Har ikkala oʻyinda ham Flamengo magʻlubiyatga uchradi va ushbu musobaqalarda ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Paquetá Janubiy Amerika kubogi finalida Flamengo tarkibidagi „eng yaxshi futbolchi“ deb topildi. 2017-yil muxlislar tomonidan, Xuan bilan birga „Flamengo“ning eng yaxshi oʻyinchisi deb eʼtirof qilindi.

Lucas 2018-yilgi Campeonato Carioca musobaqasida Paqueta turnirning eng yaxshi chap qanot hujumchi sifatida tanlandi va turnir jamoasida tanlangan yagona Flamengo oʻyinchisi boʻldi.

AC Milan

tahrir

2018-yil 10-oktabr kuni Braziliya va Italiya axborot agentliklari Fransiyaning „Paris Saint-Germain“ klubini raqobatda yengib, AC Milan va Flamengo oʻrtasida futbolchi transferi uchun 35 million yevrolik shartnoma tuzilgani haqida xabar berishdi[7].

2019-yil 4-yanvar kuni transfer rasmiylashtirildi, Milan futbolchi bilan besh yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[8][9][10]. U jamoada 39-raqamli futbolkani tanladi. Onasining kelib chiqishi portugal boʻlgani tufayli u Yevropa futbolchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish huquqiga ega edi[11].

Paquetá 2019-yil 12-yanvarda klub safida debyut qildi, 85-daqiqada uning oʻrniga maydonga Fabio Borini tushdi va Italiya kubogi doirasida AC Milan Sampdoria qarshi qoʻshimcha boʻlimlarda 2:0 hisobida gʻalaba qozondi[12][13]. Toʻrt kundan soʻng Paquetá Saudiya Arabistoni Jidda shahridagi Qirol Abdulloh stadionida oʻtkazilgan 2018-yilgi Italiya Supurkubogida maydonga tushadi va Juventus Milanni 1:0 hisobida magʻlub boʻladi[14]. 2019-yil 21-yanvar kuni Paquetá Luigi Ferraris stadionida Genoaga qarshi oʻyinda Serie Ada debyutini amalga oshirdi va oʻyin 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlandi[15]. Paquetá Milan tarkibidagi debyut golini Cagliari qarshi 3:0 hisobida gʻalab qozonilgan oʻyinda kiritdi va jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. U oʻz golini avvalgi klubi Flamengodagi yongʻin qurbonlari, 15-yoshgacha boʻlgan jamoaning barcha aʼzolariga bagʻishladi[16].

 
Paquetá 2022-yilda Lyon tarkibida

2020-yil 30-sentabr kuni Fransiyaning Lyon klubi Paqueta bilan 20 million yevro evaziga besh yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[17].

2021–2022-yilgi mavsumda yarim himoyachi "Ligue 1"ning eng yaxshi xorijlik oʻyinchisi sifatida tanlandi. Soʻrovnoma ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazildi va uni 20 mingdan ortiq kishi qoʻllab-quvvatladi. 25 yoshli Paquetá PSG himoyachisi Marquinhos, „Lens“ning ivuarlik yarim himoyachisi Seko Fofana va „Lille“ning kanadalik yetakchisi Jonathan David bilan raqobatlashdi[18].

West Ham United

tahrir

2022-yil 29-avgustda West Ham United klubi rekord summa evaziga Paquetá bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[19]. BBC maʼlumotiga koʻra, 2019-yilgi Sebastien Haller uchun toʻlangan transfer summasidan oshib, bonuslar bilan birgalikda 50 million funt sterlingdan ortiq summa evaziga klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi[20]. 31-avgust kuni Tottenham Hotspur qarshi 1:1 hisobida durrang bilan yakunlangan oʻyinda West Ham va Angliya Premyer-ligasida debyutini oʻtkazdi[21]. 2023-yil 4-yanvar kuni Paquetá Elland Road stadionida Leeds United qarshi 1:1 hisobdagi yakunlangan oʻyinda Angliya Premyer-ligasi va West Ham tarkibida oʻzining birinchi golini urdi[22]. 2023-yil 7-iyun kuni Paquetá 2023-yilgi UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi finalida Pragada Fiorentinaga qarshi oʻyinda Jarrod Bowenning 90-daqiqada urilgan gʻalaba goliga asistentlik qildi va jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi[23]. Bir kundan soʻng, Paquetá UEFA tomonidan ushbu turnirning ramziy terma jamoasiga kiritildi[24].

Manbalar

tahrir
  1. „2022/23 Premier League squad lists“. Premier League (2022-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  2. „The Long Read: Lucas Paquetá“. West Ham United F.C.. Qaraldi: 2022-yil 10-noyabr.
  3. „Lucas Paquetá: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2022-yil 10-noyabr.
  4. „Flamengo é tricampeão da Copa São Paulo de Futebol Jr“. Clube de Regatas do Flamengo (2016-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 5-yanvar.
  5. „Destaque no título da Copinha, Lucas Paquetá renova com o Flamengo“. Gazeta Esportiva (2016-yil 4-mart). Qaraldi: 2017-yil 5-yanvar.
  6. „Base decide, Muralha pega pênalti, e Fla vence Bangu de virada por 3 a 1“. globoesporte.com (2016-yil 5-mart). Qaraldi: 2017-yil 5-yanvar.
  7. „Football: Flamengo's Lucas Paqueta to join AC Milan | The Star Online“. The Star Online. Qaraldi: 2019-yil 4-fevral.
  8. „OFFICIAL STATEMENT: LUCAS PAQUETÁ“. AC Milan. Qaraldi: 2019-yil 4-fevral.
  9. „AC Milan sign Paqueta for €35m in January“. ESPN (2019-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 4-fevral.
  10. „Lucas Paquetá realiza exames médicos para assinar com o Milan“ (pt-BR). Globoe Sporte. Qaraldi: 2018-yil 10-oktyabr.
  11. Revealed: Why Paquetaʼs arrival at AC Milan is even more worthwhile
  12. „Coppa Italia“. Lega Serie A (2019-yil 12-yanvar). 2021-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-yanvar.
  13. „Sampdoria 0 AC Milan 2 (after extra time): Super-sub Cutrone spares Rossoneri“. Goal (2019-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 12-yanvar.
  14. „Italian Supercup to be played in Saudi Arabia“. Juventus. Qaraldi: 2018-yil 18-iyul.
  15. „El alumno supera al maestro: impresionante 'lambretta' a lo Neymar de Paquetá“ (es). Marca (2019-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 5-dekabr.
  16. „Lucas Paquetá Scores His First Goal For AC Milan And Dedicates The Moment To Flamengo“. Sport Bible (2019-yil 11-fevral). Qaraldi: 2019-yil 18-fevral.[sayt ishlamaydi]
  17. Olympique Lyonnais. „Lucas Paquetá joins OL on a five year contract“. Press-reliz.
  18. „Paquetá, do Lyon, é eleito melhor estrangeiro do Campeonato Francês“ (2022-yil 13-iyun).
  19. „Paqueta signs for West Ham United“. West Ham United (2022-yil 29-avgust). Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.
  20. „West Ham sign Lyon's Paqueta for club record fee“. BBC Sport (2022-yil 29-avgust). Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
  21. „West Ham 1-1 Tottenham: Paqueta makes Hammers debut in London derby draw“. Football365 (2022-yil 31-avgust). Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  22. „Rodrigo denies West Ham with Leeds leveller“. BBC Sport (2023-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 18-aprel.
  23. Steinberg, Jacob. „Jarrod Bowen strikes at the last to earn Conference League glory for West Ham“. The Guardian (2023-yil 7-iyun). Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
  24. „2022/23 Europa Conference League Team of the Season“. UEFA (2022-yil 8-iyun). Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.