Lucid Air – Lucid Motors tomonidan ishlab chiqarilgan 4 eshikli sedan kuzovidagi elektromobil. 2016-yil dekabr oyida eʼlon qilingan va 2021-yildan sotuvga chiqarilgan boʻlib, Tesla Model S, Fisker Karma, Porsche Taycan, shuningdek, Mercedes-Benz, BMW va Audi tomonidan ishlab chiqarilgan boshqa hashamatli elektr avtomobillari bilan raqobatlashishga moʻljallangan[1][2].

Lucid Air
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi Lucid Motors
Model yili 2010–hozir
Zavod(lar) AQSh: Casa Grande, Arizona
Tasnifi
Sinfi to'liq o'lchamdagi hashamatli (lyuks) elektromobil
Segment 4 eshikli sedan
Kuch moslamalari
Transmissiyasi 1-speed fixed gear
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 2960mm
Uzunligi 4975mm
Kengligi 1939mm
Balandligi 1410mm
Vazni 2,360–2,375kg

Lucid Air Dream Editionning EPA diapazoni taxminan 840km. Avtomobil prototipi 2020-yil sentabr oyidada taqdim etilgan, ishlab chiqarish esa 2021-yil oxirida boshlangan[3][4].

2020-yil noyabr oyida Lucid Air Pure modeli 480 ot kuchi, 77400 AQSh dollari miqdoridagi boshlangʻich narx va Pure, Touring, Grand Touring, Dream Edition kabi bir nechta modifikatsiyalar bilan taqdim etilgan[5].

Tarixi

tahrir

Lucid Air modeli 2010-yillarning boshida loyihalangan boʻlishiga qaramasdan, birinchi prototip 2016-yilda, ishlab chiqarishga moʻljallangan versiya esa 2020-yil sentabrida ommaga taqdim etilgan va 2021-yildan boshlab ishlab chiqarilishi aytilgan[1][3][4].

Lucid 2016-yil 2-dekabrda Samsung SDI bilan akkumulyator yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolagan[6][7].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Lambert. „Lucid unveils its electric sedan called 'Air': 400 miles of range, 1000 hp, 'autonomous-ready' and 'more than 300,000'“ (en-US). Electrek (2016-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 5-sentyabr.
  2. „How does the Lucid Air stack up against the competition?“ (en-US). TechCrunch. Qaraldi: 2019-yil 6-may.[sayt ishlamaydi]
  3. 3,0 3,1 „Dream Ahead“. YouTube (2020-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 9-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 Baldwin. „Lucid Air Electric Sedan Will Miss Spring Delivery Timetable“ (en-US). Car and Driver (2021-yil 26-fevral). Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
  5. Baldwin. „2022 Lucid Air Pure, Base Model of the New EV, to Start at $77,400“ (en-US). Car and Driver (2020-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
  6. „Lucid and Samsung SDI Strategic Partnership“ (en). LucidMotors.com. Lucid Motors (2016-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 10-may.
  7. Lucid. „Lucid Motors Teams With Samsung SDI To Develop Next-Gen Lithium-Ion Battery Cells“. InsideEVs (2016-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 10-may.