Luis Advíncula (talaffuzi: Luis Advinkula) 1990-yil 2-martda tugʻilgan perulik futbolchi „Boca Juniors“ klubi va Peru terma jamoasi himoyachisi.

Luis Advíncula
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Luis Jan Piers Advíncula Castrillón[1]
Tavallud sanasi 2-mart 1990-yil (1990-03-02) (34 yosh)[2]
Tavallud joyi Chincha, Peru
Boʻyi 1.80 m[3]
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Boca Juniors
Raqami 17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2008 Esther Grande Bentin
2008 Juan Aurich
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2010 Juan Aurich 31 (1)
2010—2012 Sporting Cristal 100 (8)
2012—2013 Tavriya Simferopol 0 (0)
2012 → Sporting Cristal (ijara) 8 (0)
2013—2015 1899 Hoffenheim 2 (0)
2013 → Ponte Preta (ijara) 4 (0)
2014 → Sporting Cristal (ijara) 10 (2)
2014−2015 → Vitória Setúbal (ijara) 26 (0)
2015—2016 Bursaspor 12 (0)
2016 → Newellʼs Old Boys (ijara) 29 (1)
Milliy terma jamoa
2009 Peru U20 2 (0)
2010- Peru 108 (2)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(19-sentyabr uchun)

Klublardagi faoliyati

tahrir

1990-yil 2-martda Chincha Alta shahrida tugʻilgan. „Deportivo Ana“, „Esther Grande Bentin“ va „Juan Aurich“ futbol klublarining yoshlar jamoalari tarbiyalanuvchisi.

Kattalar futbolida Luis Advíncula 2009-yilda „Juan Aurich“ klubida oʻynab, bir mavsumni oʻtkazdi va chempionatning 31 oʻyinida qatnashdi. „Juan Aurich“da koʻp vaqt jamoaning asosiy oʻyinchisi boʻldi.

Bu jamoadagi oʻyini bilan Luis Advíncula 2010-yilda oʻzi qoʻshilgan „Sporting Cristal“ klubi murabbiylar shtabi vakillari eʼtiborini tortdi. Luis Advíncula futbolchilik faoliyatining keyingi uch mavsumida „Lima“ jamoasida oʻynadi. „Sporting Cristal“ tarkibida oʻynab, Luis Advíncula asosiy jamoada maydonga tushdi va soʻnggi mavsumda unga Peru chempioni boʻlishiga yordam berdi.

2012-yil 21-iyulda Luis Advíncula Simferopolning „Tavriya“ klubi bilan shartnoma imzoladi[4]. Lekin avgust oyida u yana „Sporting Cristal“ga ijaraga oʻtdi[5].

2013-yilning yozidan boshlab Luis Advíncula „Ponte Preta“, „Sporting Cristal“ va „Vitoria“ kabi klublarda ijara asosida oʻynadi.

2015-yilning yozida Luis Advíncula Turkiyaning „Bursaspor“ klubiga oʻtdi.

2018-yilda Luis Advíncula dunyodagi eng tezkor futbolchiga aylandi. „Lobos“ klubiga qarshi oʻyinda Luis Advíncula soatiga 36,15 km tezlikka erishib, Garet Beylning 35,7 km/soat tezlikka erishgan rekordini yangiladi[6].

Milliy terma jamoa safida

tahrir

2009-yilda Luis Advíncula yoshlar jamoasida ikkita oʻyin oʻtkazdi.

2010-yil 4-sentyabrda u Peru terma jamoasi tarkibida Kanadaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida rasmiy oʻyinlarda debyut qildi.

Terma jamoa tarkibida Luis Advíncula 2011-yilda Argentinada boʻlib oʻtgan Amerika kubogi ishtirokchisi boʻlgan va u yerda jamoa bilan bronza medallarini qoʻlga kiritgan.

Statistika

tahrir
Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma
Juan Aurich  Peru 2009 31 1 1 - - - - - - 31 1 1
Jami 31 1 1 - - - - - - 31 1 1
Sporting Cristal  Peru 2010 41 6 6 - - - - - - 41 6 6
2011 29 2 3 - - - - - - 29 2 3
2012 30 0 0 - - - - - - 30 0 0
2014 21 3 1 - - - 1 0 0 22 3 1
Jami 121 11 10 - - - 1 0 0 122 11 10
TSG 1899 Hoffenheim  Olmoniya 2012-2013 2 0 0 - - - - - - 2 0 0
Jami 2 0 0 - - - - - - 2 0 0
A. A. Ponte Preta  Braziliya 2013 4 0 0 1 0 0 1 0 0 6 0 0
Jami 4 0 0 1 0 0 1 0 0 6 0 0
Vitória Setúbal  Portugaliya 2014-2015 26 0 5 7 0 2 - - - 33 0 7
Jami 26 0 5 7 0 2 - - - 33 0 7
Bursaspor K. D.  Turkiya 2015-2016 12 0 1 2 0 0 - - - 14 0 1
Jami 12 0 1 2 0 0 - - - 14 0 1
C. A. Newellʼs Old Boys  Argentina 2016 29 1 5 2 0 0 - - - 31 1 5
Jami 29 1 5 2 0 0 - - - 31 1 5
Tigres UANL  Meksika 2016-2017 9 0 0 - - - 5 0 0 14 0 0
Jami 9 0 0 - - - 5 0 0 14 0 0
Lobos de la B. U. A. P.  Meksika 2017-2018 28 2 2 - - - - - - 28 2 2
Jami 28 2 2 - - - - - - 28 2 2
Rayo Vallecano  Ispaniya 2018-2019 28 1 4 1 0 0 - - - 29 1 4
2019-2020 35 1 0 1 0 0 - - - 36 1 0
2020-2021 39 1 3 3 0 1 - - - 42 1 4
Jami 102 3 7 5 0 1 - - - 107 3 8
C. A. Boca Juniors  Argentina 2021 13 0 1 4 0 0 - - - 17 0 1
2022 20 0 0 15 1 0 7 0 0 42 1 0
Jami 33 0 1 19 1 0 7 0 0 59 1 1
Umumiy karyerasida 397 18 32 36 1 3 14 0 0 447 19 35

Manbalar

tahrir
  1. „Luis Advíncula“. worldfootball.net. Qaraldi: 25-yanvar 2013-yil.
  2. „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (4-iyun 2018-yil). 19-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyun 2018-yil.
  3. „Luis Advíncula“ (ispancha). Boca Juniors. Qaraldi: 27-sentabr 2022-yil.
  4. „UA-Футбол. Официально. Луис Адвинкула — игрок «Таврии»“. 24-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2015-yil.
  5. „UA-Футбол. «Таврия» отдала Луиса Адвинкулу в аренду в «Спортинг Кристал»“. 16-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2015-yil.
  6. „Назван самый быстрый игрок в мире - он превзошёл Бэйла“. 7-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2019-yil.