Luis Miguel Ayala Brucil (talaffuzi: Luis Migel Ayala Brusil) 1993-yil 24-sentabrda Ibarrada tugʻilgan. Ekvadorlik futbolchi „LDU Kito“ klubi himoyachisi.

Luis Ayala Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Luis Miguel Ayala Brucil
Tugʻilgan 24-sentyabr 1993-yil(1993-09-24)[1][2]

(29 yosh)

Ibarra, Ekvador

Fuqaroligi Flag Ekvadora Ekvador
Boʻyi 171 cm
Vazni 75 kg
Pozitsiyasi himoyachi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Ekvadora LDU Kito
Raqami 6
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

U oʻz faoliyatini viloyatining „Otavalo“ futbol klubi tarkibidan boshlangan va 2010-yilda „Teodoro Gomes de la Torre“ klubiga oʻtgan, bu yerda u viloyat va hududiy oʻyinlarlarda ikkinchi toifadagi turnirlarda oʻynab, professional futbolda debyut qilgan. 2012-yilning 5-avgustida „Makara“ klubi safida „El Nacional“ga qarshi oʻyinda u Ekvador Primer ligasida debyut qildi[3]. 2013-yil boshida Luis Miguel Ayala Brucil „Independiente del Valle“ga koʻchib oʻtdi. 3-mart kuni Kito shahridan „Universidad Catolica“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[4]. 22-iyun kuni „Deportivo Kito“ga qarshi bahsda Luis Miguel Ayala Brucil „Independiente del Valle“ uchun birinchi golini urdi[5]. 2016-yilda u jamoaga Libertadores kubogi finaliga chiqishga yordam berdi.

Deportivo Quito tahrir

2011-yilda u „Deportivo Kito“ning quyi divizioniga yoʻl oldi, lekin u asosiy jamoada debyut oʻtkazmadi, u faqat quyi toifadagi oʻyinlarda qatnashdi.

Macará tahrir

2012-yilda u „Macará“ga borib, u yerda Ekvadorning A seriyasida debyut qilgan, jami 17 oʻyinda ishtirok etgan.

Independiente del Valle tahrir

2013-yilda u „Independiente del Valle“ tomonidan sotib olindi. Oʻsha yili u Libertadores kubogida debyut qildi va milliy turnirda ikkinchi oʻrinni egalladi. 2016-yilda u „Atletico Nacional“ga qarshi Libertadores kubogi finaliga chiqqan tarixiy jamoaning bir qismi edi. U keyingi mavsumda 2019-yilning oʻrtalarigacha oʻz darajasini saqlab qoldi.

Liga Deportiva Universitaria tahrir

2019-yilda u Liga „Deportiva Universitaria“ga sotib olish sharti bilan bir yarim yilga ijaraga berildi. Oq jamoa bilan u faoliyatidagi ilk titullarni qo‘lga kiritdi, 2019-yilda Ekvador kubogini qo‘lga kiritdi, 2020 va 2021-yillarda Ekvador Superkubogi g‘olibi bo‘ldi. 2021-yil boshida Deportiva klubi uning yoʻllanmasini sotib oladi va futbolchi bilan 2022-yil oxirigacha shartnoma imzoladi.

Xalqaro karyerasi tahrir

2013-yilda Ekvador yoshlar terma jamoasi tarkibida Luis Miguel Ayala Brucil Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Urugvay va Peru jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[6][7].

Yutuqlari tahrir

Jamoaviy

„Independiente del Valle“

  • Libertadores kubogi finalchisi — 2016-yil

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Teodoro Gómez de la Torre  Ekvador 2010 13 1 13 1
Jami 13 1 0 0 0 0 13 1
Deportivo Quito  Ekvador 2011 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0
Macará  Ekvador 2012 17 0 17 0
Jami 17 0 0 0 0 0 17 0
Independiente del Valle  Ekvador 2013 36 2 4 0 40 2
2014 26 0 0 0 26 0
2015 16 0 0 0 16 0
2016 25 1 12 0 37 1
2017 30 0 4 0 34 0
2018 27 0 0 0 2 0 29 0
2019 12 0 0 0 2 0 14 0
Jami 172 3 0 0 24 0 196 3
Liga Deportiva Universitaria  Ekvador 2019 13 0 7 0 2 0 22 0
2020 20 0 1 0 7 0 28 0
2021 15 0 1 0 8 0 24 0
2022 17 0 2 0 6 0 25 0
Jami 65 0 11 0 23 0 99 0
Umumiy karyerasida 267 3 11 0 47 0 325 0

Turnirlardagi ishtiroki tahrir

Musobaqa Jamoa Mamlakat Mavsum
Ekvador kubogi Liga Deportiva Universitaria   Ekvador 2018-19
Ekvador Superkubogi 2020
Ekvador Superkubogi 2021

Manbalar tahrir

  1. Luis Ayala Brucil // FBref.com (mn.)
  2. Luis Ayala // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  3. „Макара VS. Эль Насьональ 2:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 5-avgust).
  4. „Универсидад Католика Кито VS. Индепендьенте дель Валье 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 3-mart).
  5. „Депортиво Кито VS. Индепендьенте дель Валье 0:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 22-iyun).
  6. „Уругвай (до 20) VS. Эквадор (до 20) 1:0“ (ru). soccerway.com (2013-yil 3-fevral).
  7. „Перу (до 20) VS. Эквадор (до 20) 3:2“ (ru). soccerway.com (2013-yil 30-yanvar).