Luis Karlos Arias Kardona (inglizcha: Luis Carlos Arias Cardona 1985-yil 13-yanvar, La Union, Antiokiya) – kolumbiyalik futbolchi, „Deportivo Pasto“ klubi va Kolumbiya terma jamoasida hujumchi sifatida toʻp suradi.

Klubdagi faoliyati tahrir

Arias „Deportivo Rionegro“ klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Arias iqtidori tufayli tezda jamoasining asosiy tarkibidan joy oladi va 2008-yilgi Apertura mavsumida oʻn toʻrtta gol bilan Kolumbiya ikkinchi divizionida eng yaxshi toʻpurarga aylanadi. Ushbu muvaffaqiyatidan soʻng Luis Independiente Medellinga koʻchib oʻtadi. 2009-yil 8-fevralda Deportivo Pastoga qarshi oʻyinda u Mustang kubogida doirasida ilk bor debyut qildi va ikkinchi boʻlimda u Jair Benites bilan almashtirildi[1]. 20-mart kuni Deportivo Pereyraga qarshi kechgan oʻyinda Arias yangi jamoasi Medellin uchun birinchi golini urd [2]. Birinchi mavsumida u klubga chempion boʻlishiga yordam beradi. Ikkinchi mavsumda Luis Edison Ximenes bilan birga jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylanadi.

2011-yil boshida Arias Meksikaning Toluka klubiga ijara shartnomasi asosida oʻtadi. 23-yanvar kuni „Chyapas“ klubiga qarshi kechgan oʻyinda u ikkinchi boʻlimda Nestor Kalderon oʻrniga maydonga tushdi va Meksika Primerasida debyut qildi[3]. oʻsha yilning yozida Luis yana klubi Medellinga qaytdi.

2012-yil boshida Arias Santa Fega koʻchib oʻtdi. 5-fevral kuni „Deportes Tolima“ ga qarshi oʻyinda u yangi jamoasida debyut qildi[4]. 6-avgust kuni „Deportes Tolima“ ga qarshi oʻyinda Luis „Santa Fe“ safidagi ilk golini urdi[5]. Arias yangi jamoasi bilan ikki marta chempionlikni qoʻlga kiritdi. 2015-yilning 18-fevralida Libertadores kubogi doirasida Meksika Atlasiga qarshi oʻyinda Ariasning goli oʻz jamoasiga gʻalaba keltirdi[6]. Oʻsha yilning yozida sobiq klubi Medellinga qaytib keladi. 2016-yilning 24-fevralida „Atletiko Huila“ ga qarshi oʻyinda Luiz 35 metrdan zarba yoʻllab gol urdi[7].

Terma jamodagi faoliyati tahrir

2010-yil 12-avgustda Arias Kolumbiya terma jamoasi safida Boliviyaga qarshi kechgan oʻrtoqlik uchrashuvida ilk bor debyut qildi[8].

Erishgan yutuqlari tahrir

„Independiente Medellin“ tahrir

  •   Kolumbiya futbol chempionati – Finalisacion 2009

„Santa Fe“ tahrir

  •   Futbol boʻyicha Kolumbiya chempionati – Apertura 2012
  •   Kolumbiya futbol chempionati – Finalisacion 2014

Manbalar tahrir

  1. „Индепендьенте Медельин VS. Депортиво Пасто 1:1“ (ru). soccerway.com (2009-yil 8-fevral).
  2. „Индепендьенте Медельин VS. Депортиво Перейра 3:0“ (ru). soccerway.com (2009-yil 20-mart).
  3. „Толука VS. Чьяпас 2:0“ (ru). soccerway.com (2011-yil 23-yanvar). 2014-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
  4. „Депортес Толима VS. Санта-Фе 2:1“ (ru). soccerway.com (2012-yil 5-fevral). 2015-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
  5. „Санта-Фе VS. Депортес Толима 2:1“ (ru). soccerway.com (2012-yil 6-avgust). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
  6. „Атлас VS. Санта-Фе 0:1“ (ru). soccerway.com (2015-yil 18-fevral). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
  7. „Банка с 35 метров в ворота клуба, название которого на русском звучит неприлично“ (ru). eurosport.ru (2016-yil 24-fevral). 2016-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-fevral.
  8. „Боливия VS. Колумбия 1:1“ (en). soccerway.com (2010-yil 12-avgust). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.