Luis Ricardo Mejía Cajar (talaffuzi: Luis Rikardo Mejia Kajar) — panamalik futbolchi, „Fenix“ klubi va Panama terma jamoasi darvozaboni hisoblanadi.

Luis Mejía Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Luis Ricardo Mejía Cajar
Tugʻilgan 16-mart 1991-yil(1991-03-16) (31 yosh)
Panama, Panama
Fuqaroligi Flag Panami Panama
Boʻyi 190 cm
Vazni 80 kg
Pozitsiyasi darvozabon
Klub haqida maʼlumotlari
Klub Flag Urugvaya Fenix
Raqami 12
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Luis Mejía faoliyatini „Tauro“ klubida boshlagan. 2006-yilda u Panama chempionatida asosiy jamoa safida debyut qilgan. 2007-yilda Luis urugvayning „Fenix“ jamoasiga oʻtgan. Dastlabki uch mavsumda u zaxira jamoada oʻynagan. 2010-yil 21-avgustda „Tacuarembó“ qarshi oʻyinda Luis Mejía Urugvay Primerasida debyut qilgan[1]. 2011-yilda u fransiyalik „Tuluza“ga ijara asosida oʻtgan, ammo ikkinchi darvozabon boʻlgan va jamoada debyut oʻtkaza olmagan.

2015-yil oʻrtalarida Luis Mejía „Nacional“ga koʻchib oʻtgan. 28-fevral kuni „Plaza Colonia“ jamoasiga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qilgan[2]. Oʻsha yili Luis jamoaga chempionlikni qoʻlga kiritishga yordam bergan. Biroq, 2018-yilgacha Luis Mejía juda kamdan-kam hollarda maydonga tushgan. 2019-yilda u „Nacional“ning asosiy darvozaboni boʻldi va bu maqomda yana jamoasiga Urugvay chempioni boʻlishiga yordam berdi.

Xalqaro faoliyati tahrir

Panama yoshlar terma jamoasi tarkibida Luis Mejía Kanada va Kolumbiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi.

2009-yil 7-iyunda Yamaykaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Lui Panama terma jamoasi safida debyut qilgan[3].

2011-yildaLuis Mejía KONKAKAF oltin kubogi uchun arizaga kiritilgan. Turnirda u Kanada terma jamoasiga qarshi duelda qatnashdi[4].

2013-yilda Luis terma jamoaga KONKAKAF Oltin kubogi finaliga chiqishga yordam berdi. Turnirda u Kanada jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[5].

2015-yilda Lui KONKAKAF Oltin kubogining bronza medali sohibiga aylandi. Turnirda u AQSh terma jamoasi mezbonlariga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[6].

2019-yildaLuis Mejía KONKAKAF Oltin Kubogi uchun Panama terma jamoasiga kiritildi[7].




Statistika tahrir

Klub Mamlakat Yil
Fénix   Urugvay 2010-2011
Toulouse   Fransiya 2011
Fénix   Urugvay 2011-2015
Nacional 2015-2020
Fénix 2021
Unión Española   Chili 2022

Yutuqlari tahrir

  • Urugvay chempioni (3 karra): 2016, 2019, 2020
  • Urugvay Superkubogi sohibi (1 karra): 2019
  • KONKAKAF Oltin kubogi finalchisi (1 karra)

Manbalar tahrir

  1. „Феникс VS. Такуарембо 1:1“ (en). soccerway.com (2010-yil 21-avgust). 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-iyul.
  2. „Пласа Колония VS. Насьональ 2:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 28-fevral). 2018-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-fevral.
  3. „Ямайка VS. Панама 3:2“ (en). soccerway.com (2009-yil 7-iyun). 2015-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-iyul.
  4. „Канада VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 15-iyun). 2015-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-iyul.
  5. „Панама VS. Канада 0:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 14-iyul). 2015-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-iyul.
  6. „США VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 25-iyul). 2015-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
  7. Isaac Castillero Wilson. „Julio Dely Valdés define los convocados a Copa Oro“ (es). FEPAFUT - Federación Panameña de Fútbol (04 de junio de 2019). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-iyul.