Luiza Islam
Luiza Islam Ali-zode (1971-yil 10-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston) – metsso-soprano yoʻnalishidagi oʻzbek opera xonandasi. 2008-yilda „Musiqiy teatrdagi eng yaxshi ayol ijrochi“ deb hisoblangani uchun „Oltin yorituvchi“ mukofotiga sazovor boʻlgan.
Luiza Islam Ali-Zade | |
---|---|
Tavalludi |
10-fevral 1971-yil |
Kasbi | Opera ijrochisi |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston Olmoniya |
Veb-sayt | http://www.islam-ali-zade.eu/ |
Tarjimai holi
tahrirLuiza 1971-yil 10-fevralda Toshkentda tavallud topgan. Toshkentdagi Hamza nomidagi musiqa kollejida (hozirgi Hamza Hakimzoda Niyoziy nomidagi Respublika davlat musiqa kolleji), soʻngra N. A. Rimskiy-Korsakov nomidagi Sankt-Peterburg konservatoriyasida qoʻshiqchilik boʻyicha oʻqigan. Keyinchalik Shtutgart musiqa va teatr oliy maktabida tahsil oldi. Uning professorlari Konstantin Plyushnikov, Silviya Geshti, Konrad Rixter, Tom Krauze, Julyetta Simionato, Lamara Chkoniya va Fedora Barbyeri edi[1].
Luiza oʻz opera faoliyatini Sankt-Peterburgdagi Zazerkalye teatrida boshlagan hamda u yerda rejissyor Aleksandr Petrov va dirijyor Pavel Bubelnikov rahbarligida aktyorlik mahoratini ham oshirgan.
Luiza Yevropaning koʻplab opera teatrlarida, jumladan, Vena Volksoperida, Gamburg opera teatrida, Kopengagen va Nemis operasida chiqishlar qilgan. Shuningdek, Jeneva Katta teatrida, Tuluza Kapitoliy teatrida, Qirollik Vallon operasida va boshqa opera uylarida ham turli rollar bilan har xil festivallarda ishtirok etgan.
Luiza 1999-yilda Tortelye boshchiligidagi Lion milliy orkestri bilan birgalikda fransuz bastakori Filipp Ersanning „Peyzaj s Ruinoy“ asarining premyerasini ijro etdi. Bu ijro koʻplab Yevropa mamlakatlarida radioga yozib olindi.
Opera xonandasi 2011-yilda Batumida yangi opera uyining ochilishida kontsert berdi. Shuningdek, Luiza libretto yozgan va Vladimir Genin musiqasi bilan „Serdse malchika iz Permonta“ operasini boshqargan. Keyinchalik bu musiqa filmda qayta dunyo yuzini koʻrgan[2].
Mukofotlari
tahrirLuiza „Musiqiy teatrdagi eng yaxshi ayol ijrochi“ boʻlgani uchun „Oltin yoriyuvchi“ (2008)[3][4] mukofotiga sazovor boʻlgan.
ARD xalqaro musiqa tanlovida uchinchi oʻrinni egallagan.
Islam Ali-Zade Gans Gabor nomidagi Belveder xalqaro vokal tanlovida ikkinchi mukofotini qoʻlga kiritgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „- Обо мне“ (de-DE). 54415810.swh.strato-hosting.eu. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Das Knabenherz von Pyrmont, Weltpremiere — Natania Hoffman“ (en-US). Natania Hoffman (2021-yil 17-iyul). Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Страницы московской театральной жизни: Театральные новости за 22 июля 2008 г.“. www.theatre.ru. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Золотой софит“. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.