Luiziana (Louisiana) — Missisipi daryosi havzasidagi hududning 17-asr oxiri — 19-asr boshidagi nomi. 16-asrda ispanlar tomonidan kashf etilgan. 17-asrda fransuzlar tomonidan oʻzlashtirila boshlangan. 1763-yil sharqiy qismi inglizlarga, gʻarbiy qismi ispanlarga (1800-yil fransuzlarga) oʻtdi. AQSH tashkil topganidan keyin L.ning sharqiy qismi, 1803-yildan gʻarbiy qismi ham AQSH tarkibida. L. hududi bir qancha shtatlar oʻrtasida oʻzaro boʻlingan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil