Lukretsiy
Tit Lukretsiy Kar (lotincha: Titus Lucretius Carus; miloddan avvalgi taxminan 96— 55.15.10) — rimlik faylasuf va shoir. L. haqidagi eng dastlabki biografik maʼlumotlar milodiy 4-asrga toʻgʻri keladi, lekin uni ishonchli deb boʻlmaydi. L. falsafada Epikurtng davomchisi. Asosiy falsafiy asari — "Narsalarning tabiati haqida" didaktik dostonidir. U qad. davrda materialistik falsafa izchil bayon qilingan va toʻla saqlangan yagona asardir. L. fikricha, atom ilk materiya sifatida narsalar mohiyati negizini tashkil qiladi. L. baʼzilarning atomlarni sezgi aʼzolarimiz opkali koʻrmaymiz, chunki ular yoʻq, degan fikrga javoban, biz shamolni koʻrmaymiz, lekin shunga qaramasdan u doimo mavjuddir, deydi. Atomlar xilma-xil. Fazo real mavjud. U narsalardan tashqarida mavjud, boʻshliq, vaqt esa jismlarning harakati va sukunati bilan bevosita bogʻliq. Harakat boʻshliqda sodir boʻladi. Jism va boʻshliq cheksizlikni tashkil etadi. Har qanday harakat jismlarning oʻziga xosdir. Harakat sezgilardan yashirin mayda zarralarda boshlanadi. U tufayli katta jismlar harakatga keladi. Odamlar zulm va zoʻravonlikka chek qoʻyish maqsadida davlat va huquqqa asos solganlar. L. tilning kelib chiqishi, dinlarning paydo boʻlishi sabablari haqida fikr yuritdi. L. etikasida azob-uqubatlar sabablarini bartaraf etish, moʻʼtadillik, ruhiy xotirjamlik muhim oʻrin tutadi. L.ning atomistik gʻoyalarini 17—18-asr faylasuflari yanada rivojlantirdilar.[1]
Lukretsiy | |
---|---|
Tavalludi | mil. avv. 94 |
Vafoti | mil. avv. 55 |
Fuqaroligi | Qadimgi Rim |
Otasi | nomaʼlum |
Onasi | nomaʼlum |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |