LUKULL (Lucullus) Lutsiy Litsiniy (miloddan avvalgi 117—56) — Rim sarkardasi. Sulla tarafdori. Bospor podsholigi hukmdori — Mitridat VI ga qarshi urushda Rim qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilib (74—66), juda katta zafarlarga erishgan. Boyligi, dabdabali yashashi, bazmlarga ishqibozligi ("Lukull bazmi" iborasi shundan) bilan mashhur boʻlgan.[1]

Lukull Lutsiy Litsiniy

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil