Lunda — Afrikadagi qad. davlat. Hozirgi Angola, Kongo Demokratik Respublikasi, Zambiya davlatlari hududlarida tashkil topgan (16-asr oxiri — 19-asr boshlari). Etnik oʻzagi — lunda xalqi. Aholisining asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, ovchilik. Oʻzaro urushlar natijasida parchalanib ketgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil