Bosh menuni ochish

LUNDKVIST (Lundkvist) Artur Nils (1906.3.3, Jan. Shvetsiya, Oberyunga — ?) — shved yozuvchisi, jamoat arbobi. Shvetsiya akademiyasining aʼzosi (1968). "Harorat" (1928), "Oshkora hayot" (1929), "Qora shahar" (1930), "Oq tanli odam" (1932) sheʼriy toʻplamlarida hayot quvonchlarini kuylagan. L.ning "Hayot koʻm-koʻk giyohga oʻxshaydi" (1954), "Soʻzlovchi daraxt" (1960) sheʼriy toʻplamlari, "Vindingdagi vals" (1956), "Ozod oʻqchining hayoti va oʻlimi" (1970), "Samo irodasi" (1971) romanlari, "Qorongʻi oʻrmon" (1967) novellalar toʻplami, "Oqar suvda koʻrganlaring" (1978) nomli nasriy sheʼrlari va boshqa asarlarida realistik tamoyillarning kuchayishi, ijtimoiy mavzularga qiziqish kuzatiladi. Chet el sayohatlari haqidagi kitoblar, tanqidchilik, publitsistikaga oid asarlar va tarjimalar L. ijodida muhim oʻrin egallaydi. L. 1952 yilda Toshkentga kelgan va Oʻzbekiston haqidagi hikoyalardan iborat "Toshkent lolalari" kitobini yozgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil