Lya-bemol major
Lya-bemol major (As-dur deb ham ataladi) — tonikasi lya-bemol boʻlgan major tonalligi. 4 ta kalitoldi belgisi (si-bemol, mi-bemol, lya-bemol va re-bemol) bor.
Baʼzan musiqiy pyesalar ham shu nom bilan ataladi. Chunki asarning asosiy tonalligi lya-bemol major boʻlib, tugallanishi ham shu tonika (lya-bemol)da amalga oshadi. Lya-bemol major akkordi lya-bemol notasida tuzilgan katta uchtovushlikdan iborat boʻlib, tarkibiga lya-bemol, do va mi-bemol kiradi. Ushbu akkord tonikaning 1-pogʻonasiga mos keladigan uchtovushlikdir[1][2].
Manbalar
tahrir- ↑ I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.
- ↑ I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
Havolalar
tahrirCes | Ges | Des | As | Es | B | F | C | G | D | A | E | H | Fis | Cis |
as | es | b | f | c | g | d | a | e | h | fis | cis | gis | dis | ais |