Tonika (italyancha: „tonica“; grekcha: „tonos“) — laddagi eng turgʻun pogʻona. Unga laddagi barcha pogʻonalar tortiladi yoki boʻysunadi. Tonika musiqa harakatini tugallangan holda yakunlash qobiliyatiga ega boʻlib, I va VIII rim raqamlari bilan yoki T (t) harfi bilan belgilanadi.


{
\override Score.TimeSignature #'stencil = ##f
\relative c' {
  \clef treble
  \time 7/4 \once \override NoteHead.color = #red c4 d \once \override NoteHead.color = #red e f \once \override NoteHead.color = #red g a b \time 2/4 c2 \bar "||"
  \time 4/4 <c, e g>1 \bar "||"
} }



{
\override Score.TimeSignature #'stencil = ##f
\relative c' {
  \clef treble
  \time 7/4 \once \override NoteHead.color = #red c4 d \once \override NoteHead.color = #red es f \once \override NoteHead.color = #red g aes bes \time 2/4 c2 \bar "||"
  \time 4/4 <c, es g>1 \bar "||"
} }
Do major gammasi va tonika uchtovushligi (yuqorida) hamda do minor gammasi va tonika uchtovushligi (pastda).

Tonika, shuningdek, major yoki minor tonika uchtovushligi sifatida tushuniladi, yaʼni laddagi birinchi pogʻonadan (tonikadan) hosil qilingan uchtovushlikni ifodalaydi. Bu musiqa asarlarining harakatini barqarorlikka olib keluvchi asosiy nuqta sifatida xizmat qiladi[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  2. I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2. 

Havolalar

tahrir