Rim raqamlari
Rim raqamlari — qadimgi rimliklar qoʻllagan raqamlar.
Rim raqamlari 7 ta: I, V, X, L,C, D, M. Rim raqamlar aslida lotin harflari boʻlib, ularning son qiymatlari quyidagicha:
Simvol | I | V | X | L | C | D | M |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Qiymat | 1 | 5 | 10 | 50 | 100 | 500 | 1000 |
Har qanday natural sonni Rim raqamlari yordamida yozish mumkin, bunda quyidagi qoidaga rioya qilinadi:
- katta raqam kichigidan oldin yozilsa, raqamlar qoʻshiladi.xaxaxaxa
Masalan, LI = 50 + 1 = 51; CI = 100 + 1 = 101; XI = 10 + 1 = 11.
- kichik raqam kattasidan oldin yozilsa, katta raqamdan kichigi ayriladi.
Masalan IL = 50 — 1 = 49; IC = 100 — 1 = 99; IX = 10 — 1 = 9.
Sonlarni yozishda ayni bir Rim raqamlari ketma-ket 3 martadan koʻp qatnashmaydi.
Masalan, XXX = 30, ammo 40 oʻrniga XXXX emas, balki XL = 50 — 10 = 40 yoziladi. Rim raqamlari yordamida sonlar ustida arifmetik amallar bajarish noqulay. Rim raqamlari endilikda asrlar, asar boblari, oylarning raqamlari, tartib sonlarini belgilashda qoʻllanadi.
Masalan, XXI asr, VII bob, sentyabr — IX oy, III chorak.[1]
Qadimgi rim xalqlari hozirgi kunda ham „rim raqamlari“ nomi bilan saqlanib kelayotgan raqamlash tizimdan foydalanganlar. Biz va butun dunyo, bu tizimdan hozirda ham bayram kunlarini belgilashda, konferensiyalarning tartib raqamini belgilashda, kitobning boblarini (masalan, soʻz boshi betlarini), tarixdagi asrlarni, she’rlarning bandlarini va hokazolarni raqamlashda juda keng foydalanamiz.
Tarixi
tahrirRim raqamlarining kelib chiqishi haqida aniq ma’lumotlar yoʻq. V raqami dastlab qoʻl panjasini tasvirlash belgisi sifatida, X esa ikkita beshlikdan tuzilgan boʻlishi ehtimol. Huddi shunga oʻxshash 1000 ni tasvirlovchi belgi 500 ni tasvirlovchi ikki belgidan (yoki aksincha) tuzilgan boʻlishi mumkin.
Rim raqamlashida beshlik sanoq tizimining izlari sezilib turibdi. Rimliklar tilida (lotin tilida) esa beshlik sanoq, tizimining asari yoʻq. Demak, bu tizimni rimliklar boshqa xalqlardan olgan boʻlishi kerak (etrusk xalqidan olingan boʻlishi juda ehtimol).
5000 gacha boʻlgan hamma butun sonlar yuqorida aytilgan raqamlarni takrorlab yoziladi. Bunda katta raqam kichik raqamdan oldin (chapda) tursa, bu raqamlar qoʻshiladi, agar kichik raqam katta raqamdan oldin (chapda) tursa (bu holda uni takror yozish mumkin emas) kichigi kattasidan ayriladi. Masalan, VI = 6, yaʼni 5+1; IV = 4, yaʼni 5-1; XL = 40, yaʼni 50-10; LX = 60, yaʼni 50+10. Bir xil raqam ketma-ket uch martadan ortiq yozilmaydi: LXX = 70; LXXX = 80; 90 soni XC shaklida yoziladi (LXXXX shaklda emas).[2]
Dastlabki 12 ta son rim raqamlari bilan quyidagicha yoziladi:
I, II, III, IV, V, VI, VI, VII, VIII, IX, X, XI, XII
Misollar: XXVIII = 28, XXXIX = 39;
CCCXCVII = 397; MDCCCXVIII = 1818.
Bu xil yozishda katta sonlar bilan arifmetik amallar bajarish juda qiyin. Shunga qaramay Rim raqamlashi Itаliyada XIII asrgacha, gʻarbiy Yevrоpаning boshqa mamlakatlarida esa XVI asrgacha ishlatib kelingan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Rim raqamlari.
Oʻqish uchun
tahrir- Aczel, Amir D. 2015. Finding Zero: A Mathematicianʼs Odyssey to Uncover the Origins of Numbers. 1st edition. New York: Palgrave Macmillan.
- Goines, David Lance. A Constructed Roman Alphabet: A Geometric Analysis of the Greek and Roman Capitals and of the Arabic Numerals. Boston: D.R. Godine, 1982.
- Houston, Stephen D. 2012. The Shape of Script: How and Why Writing Systems Change. Santa Fe, NM: School for Advanced Research Press.
- Taisbak, Christian M. 1965. "Roman numerals and the abacus." Classica et medievalia 26: 147–60.
Havolalar
tahrirVikiomborda Rim raqamlari haqida turkum mavjud |
- „Roman Numerals (Totally Epic Guide)“. Know The Romans.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |