Lyossimon yotqiziqlar - mayda (0,05 — 0,001 mm) changeimon hamda loyqa zarralardan tuzilgan boʻsh choʻkindi togʻ jinslari. Baʼzan tarkibida turli kattalikdagi mineral boʻlaklar (qum, shagʻal toshlar) boʻladi. Paydo boʻlishiga qarab, asosan, eol, prolyu-vial, allyuvial, delyuvial, flyuviglyasial, elyuvial tiplarga boʻlinadi. Bu jinslar (eol lyossimon jinslardan boshqa) Oʻzbekistonning togʻ, togʻ oldi qamda tekislik hududlarida uchraydi.

Eol va prolyuvial jinslar baʼzan, avval lyoss holatida boʻlib, keyinchalik sugʻorish namlanishdan lyosega xos asosiy (qarang Lyoss) xususiyatlarining (gʻovaklilik, choʻkuvchanlikning kamay-ishi, hajm ogʻirligining oshishi va boshqalar) oʻzgarishi natijasida lyossimon jinslarga aylangan boʻlishi mumkin. Eolning qalinligi 0,10–15 m, pro-lyuvialniki 0,5–100 m. Allyuvial lyossimon jinslarning qalinligi 0,25– 15 m. Delyuvial lyossimon jinslar yomgʻir, qor suvlarining nurash mate-riallarini togʻ yon bagʻirlariga oqizib tushib yotqizishdan hosil boʻladi. Ka-linligi 0,25–10 m.

Elyuvial lyossimon jinslar tub togʻ jinslari (granit, granodiorit, gil, qumtosh, ohaktosh va boshqalar)ning nurashi va nurash materiallarining oʻz joyida qolib, qayta-qayta nurashi natijasida shakllanadi. Qalinligi 0,10– 2 m boʻladi.

Flyuviglyasial lyossimon jinslar togʻ yuqori mintaqalarida uchraydi. Bu xil jinslar muz qatlamlari erib, togʻ jinslarining tarqalishi, ezilishi, maydalanishi tufayli paydo boʻlgan mayda chang zarralarini oqizib qulay joylarga yotqizishdan hosil boʻladi. Ularning qalinligi 0,10–3 m. Oʻzbekiston hududidagi lyossimon jinslarning qalinligi, tarkibi, xossasi va xususiyatlari yaxshi oʻrganilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil