Lyublyana universiteti
Lyublyana universiteti, Edvard Kardel nomidagi Lyublyana universiteti — Sloveniyadagi eng yirik va qad. universitet. 1595—96 yillarda tashkil etilgan. 1919-yildan universitet maqomini olgan. Huquq, falsafa, iqtisodiyot, tabiiy fanlar va texnologiya, meʼmorlik, fuqaro qurilishi va geodeziya, elektrotexnika, mexanika, tibbiyot, biotexnologiya, sotsiologiya, siyosiy fanlar va jurnalistika boʻyicha mutaxassisliklar tayyorlaydi. 13 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasi (1974-yil tashkil etilgan) da 1 mln. dan ortiq asar saqlanadi.[1]
Asos solingan sanasi | 1595—96 yillarda |
---|
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |