Lyudmila Dirkach
Lyudmila Nikolayevna Dirkach (1948.13.5, Kursk) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999). Samarqand universitetining kimyo fakultetini tugatgan (1972). 1972—76 yillarda Samarqand sh. Siyob tumanidagi 3-maktabda, 1976-yildan Bogʻishamol tumanidagi 37-maktabda kimyo fani oʻqituvchisi. Dirkach ilgʻor oʻqitish usullarini oʻrganib, oʻquvchilar qobiliyatini belgilashning test, reyting tizimlarini tatbiq etgan holda aniqlashga intiladi. Dirkachning "Oʻquvchilarning kimyo faniga qiziqishini kengaytirish" mavzuidagi ish uslubi keng ommalashtirilgan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |