Lyudmila boychechagi (lotincha: Gagea ludmilae) – bir urugʻpallalilar sinfi, loladoshlar oilasi, boychechak turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Parkent shahrining janubi sharqiy qismida oʻsishi maʼlum[1].

Lyudmila boychechagi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Bir urugʻpallalilar
Turkum: Boychechak
Oila: Loladoshlar
Binar nomi
Gagea ludmilae

Tavsifi

tahrir

Balandligi 10-25 sm gacha yetadigan koʻp yillik piyozchali oʻt oʻsimlik. Piyozchasining diametri 6-8 mm. Bosh piyozcha atrofida 4-6 tagacha kichik piyozchalarni hosil qilishi mumkin. Kichik piyozboshlarda yangi nihollar oʻsib chiqib kichik toʻplam hosil qilishi mumkin. Ildizoldi barglari bandsiz, novsimon, uchi oʻtkirlashgan. Poyadagi barglari gullarining pastida halqa hosil qilib oʻrnashgan. Gulqoʻrgʻoni oddiy, qoʻshilmagan, uzunligi 10-15 mm. Gultojibarglari och pushti tusda. Hasharotlar yordamida changlanadi. Aprel oyida gullab mevasi mayda pishadi. Mevasi quruq, boʻlakli koʻsak meva. Urugʻi orqali yaxshi koʻpaymaydi, asosiy tarqalish usuli piyozcha hisoblanadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

tahrir

Tabiatda kam tarqalgan. Kichik toʻplamlar hosil qilib oʻsadi, yosh nihollari hisobiga soni koʻpdek koʻrinadi. Gullab turgan tuplari nihoyatda siyrak. Unumdor tuproqlarda va quyosh nuri tik tushmaydigan joylarda topish mumkin. Oʻsadigan joylarida doimiy dehqonchilik ishlarini olib borish, chorva mollarining boqilishi oqibatida kamayib bormoqda. Bu oʻsimlik turi urugʻi orqali yaxshi koʻpaymaydi, asosiy koʻpayish yoʻli vegetativ aʼzo boʻlgan piyozcha hisoblanadi. Ugom Chatqol davlat milliy tabiat bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Gagea ludmilae“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.