Lyudvig Feyerbarx
Ushbu sahifani Ludwig Andreas Feuerbach bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Lyudvig Feyerbax (1804-1872 yy.) — nemis mumtoz falsafasining yana bir vakili.
Asarlari
tahrir«Gegel falsafasining tanqidiga doir», «Xristianlikning mohiyati», «Falsafani izoh qilish bo‘yicha dastlabki tezislar»,«Kelajak falsafasining asosiy qoidalari».
Hayoti
tahrirFeyerbax taniqli adliya xodimi oilasida tug‘ilgan. Dastlab u diniy yo‘lni tanlagan va shu yo‘nalish bo'yicha o‘qishga kirgan. Biroq bir yildan keyin o‘qishni tashlagan va Berlinga borib, u yerdagi universitetga o‘qishga kirgan. Bu yerda Feyerbax anchagina obro'-e'tiborga ega bo'lgan Gegel ma'ruzalarini eshitgan va uning izidan borib gegelchilarga qo'shilgan.
Falsafiy taʼlimot va qarashlari
tahrirFeyerbax ilk falsafiy asarlaridayoq Gegel taʼlimotiga shubha bilan qaraydi va asta-sekin undan uzoqlasha boradi. Feyerbax XIX asrning 30-yillari oxirida yozgan „Gegel falsafasining tanqidiga doir“ asarida tabiatni, materiyani gʻoyaviylik asosida yotuvchi reallik sifatida talqin qiladi. 40-yillarda nashr etgan kitoblarida „Xristianlikning mohiyati“ (1841-yil), „Falsafani izoh qilish bo‘yicha dastlabki tezislar“ (1842-yil). „Kelajak falsafasining asosiy qoidalari“ (1843-yil). Feyerbax idealistik va diniy qarashlarni qattiq tanqid qiladi. Feyerbax fikricha, tafakkurning borliqqa munosabati falsafaning bosh masalasi ekan, demak, falsafa inson mohiyati to‘g‘risidagi taʼlimot boʻlishi kerak, chunki insondan boshqa fikrlovchi bironta jonzot yoʻq. Tafakkurning borliqqa munosabati masalasi esa faqat inson faoliyati jarayonida hal qilinadi. Feyerbax falsafasi insonga qaratilgan, shu bois u antropologik falsafa deyiladi. „Inson borliq va tafakkur birligining subyekti, asosi qilib olingandagina, bu birlikni haqiqiy deyish mumkin“,-deb yozgan Feyerbax. Maʼlumki, Gegel insondan tashqaridagi mutlaq g‘oya — dunyoviy aql to‘g‘risida taʼlimot yaratgan edi. Feyerbax insondan tashqarida mavjud aql to‘g‘risidagi qarashlarni, demak, Gegel va uning izdoshlarini tahqid qilgan. Tabiatning mahsuli boʻlgan inson aqliy faoliyatning real subyekti, degan g‘oyaga tayangan Feyerbax olamni yaratuvchi, hamma insonni sezguvchi va bilguvchi ilohiy kuch — Xudoning mavjudligini inkor qilgan. Din, uning fikricha, insonni o‘limidan keyin qutqarishga qaratilgan, yaʼni insonning narigi dunyosi to‘g‘risidagi taʼlimot, falsafa esa, undan farqli o‘laroq, insonning yashab turgan dunyosini, insonning yerdagi mohiyatini o‘rganadigan ilmiy yo‘nalishdir, chunki narigi dunyoning o‘zi yo‘q. Shu fikrdan kelib chiqqan Feyerbax falsafa din bilan emas, balki tabiat to‘g‘risidagi fanlar bilan yaqin aloqada bo‘lishi kerak, deb hisoblagan.
Adabiyotlar
tahrirGʻarb falsafasi tarixi Toshkent 2018