M.M.Raskova haykali
M.M.Raskova haykali — mashhur uchuvchi, Sovet Ittifoqi Qahramoni Marina Mixaylovna Raskova haykaltaroshlik yodgorligi. Saratov shahri, Aronova koʻchasida, 93-sonli oʻrta maktab roʻparasida joylashgan. Yodgorlik 1968-yil 9-mayda haykaltaroshlar R.P. Xaritonov, V. N. Oshshepkovaning loyihasi boʻyicha ochilgan. Mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy meros ob’ekti hisoblanadi.
Tavsifi
tahrirMarina Mixaylovna Raskova — Sovet uchuvchi-shturmani, Qizil Armiya Harbiy-havo kuchlari mayori, Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan birinchi ayollardan biri.
Marina Raskovaning Saratovdagi haykali uchuvchi-qahramon Aronova nomidagi koʻchada, Osipov va Jukovskiy koʻchalari oʻrtasida, 93-sonli shahar oʻrta maktabi qarshisida joylashgan[1].
1960-yillarning oʻrtalarida 93-sonli maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilari tashabbusi bilan mashhur uchuvchi Marina Raskova sharafiga haykal oʻrnatishga mablagʻ toʻplash boshlandi. Oʻsha paytda oʻquvchilarning ota-onalari, shuningdek, Saratov korxonalarining bir qator jamoalari: Lizyukov nomidagi SVVKIU, „Korpus“ zavodi va tuman hokimligi katta yordam koʻrsatgan. Raskova haykali 1968-yil 9-mayda tantanali ochilgan. Ushbu monumental ob’ektning ochilishiga Marina Mixaylovna tomonidan yaratilgan ayollar aviatsiya polklaridan 300 dan ortiq uchuvchi ayol keldi. Shuningdek, marosimda Qahramonning qizi va ukasi ham boʻlgan[2].
Haykaltaroshlik kompozitsiyasining mualliflari Moskva arxitektura institutining diplomantlari R. P. Xaritonov va Saratovlik V. N. Oshshepkovlar boʻldi. Yodgorlik 14 metrli steladan iborat boʻlib, uning tepasida poʻlat lochinlar, markazda esa Raskovaning haykaltarosh portreti joylashgan. Uning yonida Maksim Gorkiyning „Lochin qoʻshigʻi“ dan olingan quyidagi soʻzlar yozilgan plitalar oʻrnatilgan: „Oh, jasur lochin! Dushmanlar bilan jangda sening qoning toʻkildi“[3].
Oʻshandan beri yodgorlik yonidagi maydon mikrorayon va maktabning tantanali tadbirlari oʻtkaziladigan joyga aylandi. Gʻalabaning 65-yilligi nishonlanadigan yilda haykaltaroshlik kompozitsiyasi qayta tiklandi, yodgorlik atrofi obodonlashtirildi[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Памятник М.М. Расковой | Tvoy Saratov“ (ru-RU). 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
- ↑ „БОЛЬШАЯ САРАТОВСКАЯ ЭНЦИКЛОПЕДИЯ : Памятники Саратова : Расковой М. М.“. saratovregion.ucoz.ru. 2020-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
- ↑ Туристический Саратов. „Памятник знаменитой лётчице, Герою Советского Союза М. М. Расковой - Исторические памятники Саратова“ (ru-RU). Туристический Саратов (2018-yil 1-fevral). 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
- ↑ „ПАМЯТНИК МАРИНЕ РАСКОВОЙ. Информация о достопримечательностях Саратова. Достопримечательности. О Саратове“. www.saratovmer.ru. 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.