Toshkent shahridagi MMFI „Milliy tadqiqot yadro universiteti“ — „Milliy tadqiqot yadro universiteti“ federal davlat avtonom OTMning Toshkent filiali hisoblanadi.

MMFI „Milliy tadqiqot yadro universiteti“ federal davlat avtonom OTMning Toshkent filiali
Xalqaro nomi
TASHKENT BRANCH OF NATIONAL RESEARCH NUCLEAR UNIVERSITY MEPHI
Asos solingan sanasi 2019-yil
Rektori Аbdukamilov Shavkat Shuhratovich
Bakalavriat 4 yil
Manzili
Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani, Ulugʼbek shaharchasi, Xuroson koʼchasi, 1-uy

MMFI „Milliy tadqiqot yadro universiteti“ Toshkent shahridagi filiali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 20 iyuldagi "Toshkent shahrida „MMFI“ Milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish toʻgʻrisida"gi PQ-3875 sonli qarori asosida tashkil etilgan[1]. Toshkentdagi MMFI „Milliy tadqiqot yadro universiteti“ oʻz faoliyatini 2019 yilning 3 sentyabr kuni Oʻzbekistonning kelajakdagi Atom elektr stansiyasiga kadrlar tayyorlash dasturi doirasida birinchi kursga 100 ta talaba qabul qilish bilan boshlagan edi.

Tarkibi

tahrir

Hozirgi kunda filialda bakalavrlarga kunduzgi taʼlim dasturi asosida „Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi“, „Yadro fizikasi va texnologiyalar“, „Issiqlik energiyasi va issiqlik fizikasi“ va „Elektr energetikasi va elektrotexnika“ taʼlim yoʻnalishlari bor.

Taʼlim

tahrir

Filialga abiturientlar quyidagi imtihonlar asosida qabul qilinadi: Barcha taʼlim yoʻnalishlari uchun matematika, fizika va rus tili fanlaridan anʼanaviy yozma shaklda oʻtkaziladi. Har bir imtihon yozma ravishda olinib, bilimlar saviyasi 100 ballik mezonda baholanadi. Shu jumladan, har bir imtihonda 40 ballik quyi chegara qoʻyilgan boʻlib, undan past ball olgan abiturientlar keyingi imtihonga qoʻyilmaydi va tanlovda ham qatnashmaydi. Kirish imtihoni natijalari Oliy oʻquv yurtining saytida eʼlon qilib boriladi. Barcha taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish muddati: bakalavrlar uchun — 4 yil. 2019 yildan boshlab har bir taʼlim yoʻnalishlarida bakalavrlar uchun 100 ta toʻliq davlat granti asosida oʻqish tashkil etilgan. Taʼlim xizmatlari talabalar uchun davlat buyurtmasiga muvofiq toʻliq davlat granti asosida Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi professor-oʻqituvchilari tomonidan rus tilida olib boriladi. Filial bitiruvchilariga oʻqish tamomlanganidan soʻng bosh muassasaning belgilangan namunadagi diplomi beriladi va bu diplom Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadi. Filialning barcha bitiruvchilari respublikaning energetika tarmogʻida ish bilan taʼminlanadi. 2021-yilga kelib filialda 268 nafar talaba tahsil olmoqda.

Manbalar

tahrir