М, м — oʻzbek kirill alifbosining oʻn toʻrtinchi harfi. Ikki labning jipslashuvidan hosil boʻladigan portlovchi jarangli burun tovushi. Soʻz boshida (maktab, muxbir), oʻrtasida (mamlakat, sumalak), oxirida (qalam, salom) kela oladi. Oʻz va oʻzlashma soʻzlar tarkibida uning talaffuzi va yozilishida hech qanday farq sezilmaydi. Turkiy xalqlar, jumladan, oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan yozuvlarda M harfi oʻziga xos shaklda boʻlgan. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil