Messier 110 (inglizcha: M 110, NGC 205, ruscha: Мессье 110 — Andromeda yulduzlar turkumidagi elliptik mitti galaktika.

M 2, NGC 7089

M 2; teleskop) / Hubble teleskop / STScI / [[[WikiSky]]
Shuningdek qarang: Galaktika, Galaktikalar roʻyxati

Kashfiyot tarixi

tahrir

Fransuz astronomi Sharl Messier M 110 mitti galaktikasini 1773-yilda kuzatgan, biroq ushbu kuzatishlarga doir maʼlumotlar kiritilgan jurnal faqatgina 1798-yilda nashr etilgan. Messierning oʻzi ushbu fazoviy obyektni oʻz katalogiga kiritishni zarur deb hisoblamagan. Mazkur galaktika 1966-yili Kennet Glin Jons[1] tomonidan Messier katalogiga oxirgi obyekt sifatida kiritilgan.

Karolina Gerschel ham Messier kashfiyotidan mustaqil ravishda 1783-yil 27-avgustda M 110 mitti galaktikasini kashf etadi. Uilyam Gerschel esa ushbu obyektni oʻz katalogiga kiritilganida unga H V.18 raqamini bergan.

Xususiyatlari

tahrir

M110 Yerdan 2,9 million yorugʻlik yili masofada joylashgan. U mashhur Andromeda tumanligining (M31) eng yorqin yoʻldoshi hisoblanadi va Mahalliy galaktikalar guruhi tarkibiga kiradi. Unda chang-gʻuborlar mavjud boʻlib, bu turdagi galaktikalar uchun noodatiy hisoblanuvchi yaqinda paydo boʻlgan yulduzlarning ayrim dalillarini namoyon etadi.

M110’ning sharqiy chekkasida galaktikaning eng yorqin sharsimon Bol 20 toʻdasi joylashgan.

Kuzatishlar

tahrir
 </img> M 110 Andromeda yulduz turkumida
 </img> M 110 Andromeda galaktikasi yaqinida
 </img> Infraqizil nurda

M 110 — uncha katta boʻlmagan teleskoplarda ham koʻrish mumkin boʻlgan samoviy obyekt hisoblanadi, lekin uni eng katta havaskor asboblarda ham batafsil koʻrish imkoni yoʻq. Galaktika Andromeda galaktikasining boshqa yoʻldoshi sanaluvchi M 32 dan kattaroq, ammo xiraroq boʻlib, kuzatishlarda biroz yassi koʻrinadi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Stoyan R. et al.. Atlas of the Messier Objects: Highlights of the Deep Sky. Cambridge: Cambridge University Press, 2008 — 38-bet. 

Adabiyotlar

tahrir
  1. D. J. Butler and D. Martínez-Delgado. On the Stellar Populations in NGC 185 and NGC 205 and the Nuclear Star Cluster in NGC 205 from Hubble Space Telescope Observations (angl.) // The Astronomical Journal. — IOP Publishing, 2005. — doi:10.1086/429524. — arXiv:astro-ph/0503069.
  2. T. J. Davidge. The Evolved Stellar Content of NGC 147, NGC 185, and NGC 205 (angl.) // The Astronomical Journal. — IOP Publishing, 2005. — doi:10.1086/491706. — arXiv:astro-ph/0509612.
  3. M. Geha, P. Guhathakurta, R. M. Rich, and M. C. Cooper. Local Group Dwarf Elliptical Galaxies. I. Mapping the Dynamics of NGC 205 Beyond the Tidal Radius (angl.) // The Astronomical Journal. — IOP Publishing, 2006. — doi:10.1086/498686. — arXiv:astro-ph/0509561.
  4. F. R. Marleau, A. Noriega-Crespo, K. A. Misselt, K. D. Gordon, C. W. Engelbracht, G. H. Rieke, P. Barmby, S. P. Willner, J. Mould, R. D. Gehrz, and C. E. Woodward. Mapping and Mass Measurement of the Cold Dust in NGC 205 with Spitzer (angl.) // The Astrophysical Journal. — IOP Publishing, 2006. — doi:10.1086/504975. — arXiv:astro-ph/0604189.
  5. K. D. Gordon, J. Bailin, C. W. Engelbracht, G. H. Rieke, K. A. Misselt, W. B. Latter, E. T. Young, M. L. N. Ashby, P. Barmby, B. K. Gibson, D. C. Hines, J. Hinz, O. Krause, D. A. Levine, F. R. Marleau, A. Noriega-Crespo, S. Stolovy, D. A. Thilker, and M. W. Werner. Spitzer MIPS Infrared Imaging of M31: Further Evidence for a Spiral-Ring Composite Structure (angl.) // The Astrophysical Journal. — IOP Publishing, 2006. — doi:10.1086/501046. — arXiv:astro-ph/0601314.
  6. Andreas Koch and Eva K. Grebel. The Anisotropic Distribution of M31 Satellite Galaxies: A Polar Great Plane of Early-type Companions (angl.) // The Astronomical Journal. — IOP Publishing, 2006. — doi:10.1086/499534. — arXiv:astro-ph/0509258.
  7. Michael G. Richer and Marshall L. McCall. Bright Planetary Nebulae and their Progenitors in Galaxies Without Star Formation (angl.) // The Astrophysical Journal. — IOP Publishing, 2008. — doi:10.1086/590333. — arXiv:0805.3669.
  8. K. M. Howley, M. Geha, P. Guhathakurta, R. M. Montgomery, G. Laughlin, and K. V. Johnston. Darwin Tames an Andromeda Dwarf: Unraveling the Orbit of NGC 205 Using a Genetic Algorithm (angl.) // The Astrophysical Journal. — IOP Publishing, 2008. — doi:10.1086/589632. — arXiv:0804.0798.
  9. Michael G. Richer, José Alberto López, Margarita Pereyra, Hortensia Riesgo, María Teresa García-Díaz, and Sol-Haret Báez. The Acceleration of the Nebular Shells in Planetary Nebulae in the Milky Way Bulge (angl.) // The Astrophysical Journal. — IOP Publishing, 2008. — doi:10.1086/592737. — arXiv:0808.2667.
  10. Alberto D. Bolatto, Adam K. Leroy, Erik Rosolowsky, Fabian Walter, and Leo Blitz. The Resolved Properties of Extragalactic Giant Molecular Clouds (angl.) // The Astrophysical Journal. — IOP Publishing, 2008. — doi:10.1086/591513. — arXiv:0807.0009.

Havolalar

tahrir