Ma’rifatli masjidi
Maʼrifatli masjidi – Jizzax viloyati Zomin tumani markaziy hududida joylashgan jome masjidi[1][2].
Masjid | |
Maʻrifatli masjidi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Zomin |
Masjid turi | Jomeʼ-masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom, sharq va oʻzbek milliy meʼmorchiligi |
Maqomi | Ishlaydi |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Qurilish materiali | Marmar, gʻisht |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik |
Tarixi
tahrirJizzax viloyati, Zomin tumanida joylashgan „Xolid ibn Valid“ jome masjidi qaytadan barpo etilib, „Maʼrifatli“ nomi bilan 2017 yil 26 may kuni namozxonlarga topshirildi.
Xonaqoh
tahrirMasjidning asosiy xonaqosi 1755 joynamozxonni oʻz boriga sigʻdira oladi. Masjid devorlari va mehrobi oʻziga xos naqshlar bilan bezatilgan, xattotlar tomonidan mehrob ustiga hamda devoriga Qurʼoni Karim oyatlarida kelgan hamda hadisi shariflarda vorid boʻlgan duolar yozilgan. Masjidning umumiy maydoni 1,5 gektarni tashkil qilib, masjid jami 3200 dan ortiq namozxon uchun moʻljallangan. Tahoratxonada bir paytning oʻzida 200 kishi tahorat qilishi mumkin. Masjidning tashqi tomonida ayollar uchun ham alohida tahoratxonalar bor.
Qayta qurilish
tahrirMasjidni qayta qurish ishlari 2016-yilning dekabr oyida boshlanib, 2017 yilning may oyida tugatilgan. 26-may kuni masjidda juma namozi oʻqildi[1]. Juma namozini Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov oʻqidi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „ЖИЗЗАХ ВИЛОЯТИ Маърифатли жоме масжиди“. masjid.uz. Qaraldi: 5-yanvar.
- ↑ „Фотолавҳа: Жиззах вилояти “Маърифатли” жоме масжиди“. Qaraldi: 5-yanvar.