Maʼmuriy jazo
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Maʼmuriy jazo - maʼmurii huquqnn buzuvchi shaxslarga nisbatan davlat organi yoki mansabdor shaxslar tomonidan koʻriladigan chora. Maʼmuriy jazo majburlovchi, ayni vaqtda tarbiyaviy xususiyatga ega boʻlgan choradir. Maʼmuriy jazoning quyidagi turlari mavjud: jarima; maʼmuriy xuquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish; maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish; muayyan shaxsni unga berilgan maxsus xuquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish; maʼmuriy qamoqqa olish (Oʻzbekiston Respublikasining MJK, 23—29moddalar).
Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ajnabiy fuqarolar va fuqoroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborilishi mumkin[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |