"MAʼNAVIYAT" — Oʻzbekiston Respublikasi "Maʼnaviyat va maʼrifat" kengashi nashriyoti. 1996-yil 9-sentabrda tashkil etilgan. Milliy maʼnaviyatni ravnaq toptirishga, xalq maʼrifatini yuksaltirishga, jahon xalqlari ta-fakkuri mahsulidan oʻzbek xalqini bahramand etishga yordam beradigan ijtimoiysiyosiy, ilmiy-ommabop, badiiy adabiyotlar, darslik, oʻquv qoʻllanmalari, kalendar va plakatlar, tarjima asarlari nashr etadi.

Nashriyot 2002-yilda 37 nomda 2 mln. 260 ming nusxada adabiyot nashr etdi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil