Maʼrifat Ubaydullayeva
Maʼrifat Ubaydullayeva (1929.4.6, Chodak qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artisti (1983). 1953— 61 yillar Namangan viloyat musiqali drama va komediya teatrida, 1961—92 yillar Andijon viloyat musiqali drama teatrida, 1992-yildan Abbos Bakirov nomidagi Andijon yoshlar teatrida aktrisa. Shirin ("Farhod va Shirin"), Xemnolina ("Gang daryosining qizi"), Sanam ("Aziz va Sanam"), Oyparcha, Nodirabegim ("Nodira"), Layli ("Layli va Majnun"), Zulxumor ("Ravshan va Zulxumor"), Nurxon ("Nurxon"), Jamila ("Boy ila xizmatchi"), Katarina ("Oʻjar qizning quyulishi"), Nigoroyim ("Mehrobdan chayon"), Momo ("Hayot eshik ortida"), Nargiz ("Nargiz") kabi rollari uning ijodida alohida oʻrin tutadi. U. lirik va xarakterli rollar ustasi boʻlib, uning ijodi yuqori ovoz, dramatik mahorati, badiiy ifodasi hayotiyligi bilan ajralib turadi. "Elyurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (2002).[1]
Maʼrifat Ubaydullayeva | |
---|---|
Tavalludi |
4-iyun 1929-yil |
Mukofotlari |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |