Madaklashtlar
Madaklashtlar (madaklashti) — Pokiston shimolidagi Haybar-Paxtunxva viloyatining Chitral tumanidagi Madaklasht vodiysi va uning atrofida yashovchi, kelib chiqishi tojiklarga borib taqaluvchi mahalliy etnik-lingvistik jamoa. Ular Madaklasht shevasida gapirishadi. Ayrim tilshunoslar bu shevani dariy yoki tojik tilining dialekti[1] deyishsa, boshqalar, shu jumladan madaklashtlarning oʻzlari ham Gʻarbiy Eron tarmogʻining mustaqil tili deb hisoblaydi[2]. Ular Islomning ismoiliya mazhabida[3]․
Tarixi
tahrirHozirgi madaklashtlarning ajdodlari Afgʻonistonning shimoli-sharqiy hududlaridagi tojik tilida soʻzlashuvchi viloyatlardan ikki yarim asrdan koʻproq vaqt oldin Chitralga koʻchib kelgan[4]. Oʻshandan beri ular boshqa fors shevalaridan uzoqda yakkalanib qolgan holda istiqomat qilib keladi hamda yangi qoʻshnilari — Kxo, Gujar va pushtunlar taʼsiriga tushishgan. Aynan shu omillar Madaklasht xalqining oʻziga xosligini shakllantirishga va ham tojiklardan, ham Chitralning mahalliy xalqlaridan ajratib koʻrsatilishiga imkon beradi[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Brief descriptions of the Languages spoken in Chitral“. University of Chitral. 2022-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.
- ↑ Kreutzmann 2017.
- ↑ „Madaklasht village of Ismaili Muslims sets an example of communal tolerance, harmony“. IsmailiMail (2014-yil 9-iyun). Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.
- ↑ Israr 1969.
- ↑ Akhunzada 2018.
Adabiyotlar
tahrir- Akhunzada F. Madaklashti: A Persian-Speaking Community Of Northern Pakistan // Archivio per l’Antropologia e la Etnologia. — 2018. — № 148. — С. 35–47.
- Israr D. The people of Chitral: A Survey of their Ethnic Diversity // Pakistan Geographical Review. — 1969. — № 24 (1). — С. 1–13.
- Kreutzmann H. Language Variegation across the Pamir: Hindukush-Karakoram: Perceptions and Mobilities // Südasien-Chronik – South Asia Chronicle. — 2017. — № 7. — С. 251–273.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |