Bosh menuni ochish

Madaniy qatlam (arxeologiyada) — inson faoliyatining izlari (qad. inshootlar, qurilish va xoʻjalik chiqindilari, kul va h.k.) saqlangan yer qatlami. Qalinligi bir necha sm dan bir necha 10 m gacha boʻlishi mumkin. Madaniy qatlam oʻtmishimizning gʻor va ungurlarda, dare va koʻl boʻylarida qad koʻtargan makon va manzilgohlarda hosil boʻlgan madaniy qoldiqlarning jamiyat taraqqiyoti bilan bogʻliq hodda davrma davr, ustma-ust joylashishini ifodalaydi. Odatda, arxeologik yodgorliklar bir yoki bir necha Madaniy qatlamli boʻlib, ularning joylashishi, gorizontlarga boʻlinishi, ularda uchraydigan arxeologik topilmalarning xususiyati va davriyligiga qarab, ularning nisbiy va mutlaq yoshi aniqlanadi. Odamlar maʼlum joyda muayyan davrdagina yashasa bir Madaniy qatlamli yodgorlik hosil boʻladi. Bir joyda davom etgan uzluksiz hayot esa koʻp Madaniy qatlamli yodgorliklarni vujudga keltiradi (mas, Afrosiyob, Qanqa, Buxoro, Yerqoʻrgʻon va boshqalar). Madaniy qatlam kishilar faoliyatining qoldiklarini oʻrganish va shu qarorgohning tarixini tiklash maqsadida qaziladi.

Ad.:Garden J. K., Teoreticheskaya arxeologiya, M., 1983; Dikshit S. K., Vvedeniye v arxeologiyu, M., 1960.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil