Madinatul Ulum Al-Islomiya
Madinatul Ulum Al-Islomiya (MTU) – Angliyaning Kidderminster yaqinidagi Vusstershir grafligidagi islom maktab-internati. Bu Dorul Ulum Buriydan keyingi oʻgʻil bolalar uchun ochilgan birinchi islomiy seminariyalardan biri boʻlib, ikkalasiga ham marhum olim Yusuf Moʻtala tomonidan asos solingan[1][2]. Hudud dastlab 198- yilda qizlar internat kolleji sifatida tashkil etilgan (hozirda Jamiyatul Imom Muhammad Zakariya[3] Bradfordda joylashgan) va keyin 1992-yilda oʻgʻil bolalar kolleji sifatida qayta tashkil etilgan.
Madinatul Ulum Al-Islomiya | |
---|---|
Joylashgan yeri | |
Kidderminster, Angliya DY10 4BS | |
Maʼlumot | |
Maktab turi | Aholi yahash hududida joylashgan |
Diniy mansublik | Islom |
Ochilgan sanasi | 1992-yil |
Asoschi | Yusuf Motala |
Madinatul Ulum maktab boʻlimida 11 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilarga dars beradi va barcha yoshdagi kattalar uchun oʻz internati va oliy taʼlim muassasalariga ega[4].
2015-yilda maktabda yangi zal[5] qurilishi boshlandi, u hozirda qurib bitkazilgan va maʼruzalar, imtihonlar, ibodat xizmatlari va dam olish tadbirlari uchun foydalanilmoqda. Bu zal, shuningdek, Madinatul Ulum va Dorul Ulum bitiruvchilari uchun qoʻshma yillik bitiruv marosimini tashkil qilish uchun foydalanladi.
Rejalar
tahrirMadrasa Buyuk Britaniyadagi maktab oʻquv dasturi bilan birgalikda ikkita asosiy taʼlim yoʻnalishida oʻqishlikni ham taklif qiladi, bular Hifz dasturi va Olimiya dasturi (dars nizomi oʻquv dasturi asosida).
„Olimiya“ dasturi olti yillik intensiv kurs boʻlib, islom tafsiri, hadis, fiqh, falsafa, tarix, ilohiyot, klassik arab tili va Qurʼon kabi koʻplab fanlarni chuqur oʻrganishga ixtisoslashgan.
Taniqli oʻqituvchilar va bitiruvchilari
tahrir- Shayx Abu Yusuf Riyoz ul Haq[6]
- Shayx Zohir Mahmud[7]
- Shayx Yusuf Ibrohim Loʻrgʻat (Shayxul hadis va Madina Islom universiteti bitiruvchisi)[8]
- Muftiy Niyaz Xannan[9]
- Shayx Azad Ali (hozirda tafsir va hadis muallimi)
Manbalar
tahrir- ↑ „Maulana Yusuf Motala (1946–2019): Founder of the UK's first Islamic seminary“. Medium (2019-yil 9-sentyabr).
- ↑ „Universities and Muslim Colleges: 'Collaborative Partnerships' in Higher Education“, Islamic Education in Britain: New Pluralist Paradigms, Bloomsbury Academic, 2015, doi:10.5040/9781474219761.ch-007, ISBN 9781472569387
- ↑ „Jaamiatul Imaam Muhammad Zakaria, Bradford“ (en-gb). The Good Schools Guide. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
- ↑ „Madinatul Uloom Al Islamiya School, Kidderminster“ (en-gb). The Good Schools Guide. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
- ↑ „Residents' concern over Kidderminster school development“. The Kidderminster Shuttle (2015-yil 17-dekabr).
- ↑ „About Shaykh Riyadh ul Haq - Al Kawthar Academy Leicester“ (en-GB). Al Kawthar Academy | 'The Abundance of Good'. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
- ↑ „Shaykh Zahir Mahmood, Author at Islam21c“ (en-GB). Islam21c. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
- ↑ „Nafahāt ar-Rahmah by Yusuf Ibrahim Lorgat“. kitaabun.com (2019-yil 17-sentyabr). 2019-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mufti Niaz Hannan « Iqra Institute - Knowledge. Ehsan. Community.“ (en-US). Iqra Institute – Knowledge. Ehsan. Community.. 2020-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.