Madrasai Oliy (Oliy madrasa)Qarshida saqlanib qolmagan 2 qavatli madrasa. 1802—1803-yillarda oʻzbek hukmdori Amir Haydar donatorligida Buxoro amirligi Qarshi shahrining qadim qoʻrgʻoni ichkarisida bunyod etilgan.

Madrasa
Madrasai Oliy
(Oliy madrasa)

Madrasai Oliy
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Qashqadaryo viloyati
Shahar Qarshi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Amir Haydar
Homiylar Amir Haydar
Asosiy sana:
Maqomi saqlanib qolmagan
Hujralar soni 21

Tarixi tahrir

1802—1803-yillarda Amir Haydar Qarshi shahrining qadim qoʻrgʻoni ichkarisida joylashgan Katta Jomeʼ masjidining (Masjidi Kalonning) orqa tarafdan roʻparasida 2 qavatli va 21 hujradan iborat boʻlgan madrasa barpo ettirgan[1].

Muftiylar aʼlami dars oʻtgan Madrasai Oliyga Qarshi viloyatidagi bir qancha yerlar vaqf qilib berilgan. Madrasa boy vaqf mulkiga ega boʻlgan. Oliy madrasaning vaqfnomasi va madrasa faoliyatiga doir koʻplab hujjatlar saqlanib qolgan[1].

Madrasa masjid, darsxona, kutubxona hamda 2 qavatdan iborat 21 ta hujradan tashkil topgan. Uning darvozaxonasi tepasida chiroyli gumbaz va uning ikki tarafida ixcham guldasta minoralari boʻlgan[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Jumanazar 2007, s. 137—139.

Adabiyotlar tahrir

  • Jumanazar A. K.. Nasaf. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007 — 204 bet. ISBN 978-9943-06-029-6.