Magnit zaryad — jismlarning statik maydonlarini hisoblashda (elektr zaryad tushunchasiga oʻxshash) ishlatiladigan yordamchi tushuncha. Magnit zaryad elektr zaryadlardan farqli ravishda real mavjud emas, chunki magnetizmning klassik nazariyasiga kura, magnit maydon elektr maydonlardan boshqa hech qanday oʻziga xos manbalarga ega emas. P. Diraknyang tabiatda magnit monopoliya deb atalmish Magnit zaryadlarning tabiatda mavjudligi haqidagi gipotezasi (1931) hozircha tasdiqlanmagan. Magnitlangan jismlar uchun Magnit zaryadning hajm rt va sirt at zichligi tushunchalarini kiritish mumkin. Birinchisi, jism hajmi boʻyicha magnitlanganlikning bir jinslimaslik taqsimoti, ikkinchisi esa magnetik sirtdagi magnitlanganlik normal tashkil etuvchisining sakrashi bilan bogʻliq.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil