Magnitogorsk - Rossiya Federatsiyasi Chelyabinsk viloyatidagi shahar (1931-yildan). Magnit togʻi etagida. Janubiy Uralning sharqiy yon bagʻrida, Ural daryosining har ikkala sohilida. Rossiya Federatsiyasi metallurgiya sanoatining eng yirik markazlaridan biri. 1929—34 yillarda Magnitogorsk metallurgiya kombinati qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Aholisi 426,1 ming kishi (1998). Yirik sanoat korxonalari: metallurgiya kombinati, metiz-metallurgiya, kalibrlash, kran zavodlari. Pianino fabrikasi mavjud. Mashinasozlik, kurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Konchilik-metallurgiya va pedagogika institutlari, drama va qoʻgʻirchoq teatrlari, oʻlkashunoslik muzeyi bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil