Magnitomexanik hodisalar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Magnitomexanik hodisalar — magnitli mikrozarralarning magnit momenti bilan mexanik momenti orasidagi bogʻlanishga doir hodisalar. Atom yadrosi atrofida zarralar (elektron, proton, neytron)ning harakati tufayli atomda magnit momenti hosil boʻlishi bilan birga mexanik moment ham yuzaga keladi. Ferromagnit jismlarni magnit maydonta joylashtirilsa, atomlar magnit moment yoʻnalishini maydon yoʻnalishi boʻyicha oʻzgartiradi. Bunday oʻzgarish esa, oʻz navbatida, atomlarning mexanik momenti oʻzgarishiga olib keladi. Lekin jismning toʻliq mexanik momenti (harakat miqdori) oʻzgarmaydi, jism atomlarining mexanik momenti yoʻnalishiga teskari harakat miqdori momenti hosil boʻladi, u holda jism aylanma harakatlanadi. Buni solenoidda elastik ipga osilgan metall sterjenda kuzatish mumkin. Agar solenoiddan elektr toki oʻtkazilsa, metall sterjen magnitlanadi va aylanma harakatlanadi. Bunda harakat miqdorini ipning buralishidan aniqlanadi (tajribani 1915-yilda A. Eynshteyn va golland fizigi V. de Xaaz amalga oshirgan). Bu tajribada metall sterjen oʻz oʻqi atrofida tez aylantirilsa tashqi magnit maydon boʻlmaganda ham (yaʼni solenoidda elektr toki boʻlmasa ham) sterjen magnitlanishini kuzatish mumkin. Bu effektni amerikalik olim S. Barnett 1909-yilda kuzatgan. Magnitomexanik hodisalar, ayniqsa, atom tuzilishini oʻrganishda muhim. Magnitomexanik hodisalar har xil jismlarning magnit xossalarini aniqlashga imkon beradi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |