Mahallada duv-duv gap

Mahallada duv-duv gap“ (ruscha: Об этом говорит вся махалля) — 1960-yil yaratilgan oq-qora kinotasmaga olingan oʻzbek kinokomediya. Filmga Yuriy Stepchuk rejissorlik, Shuhrat Abbosov prodyuserlik qilgan.[1] „Mahallada duv-duv gap“ eng sara oʻzbek filmlaridan biri,[2][3] SSSR xalq artisi Abbosov esa oʻzbek kinosining asoschilaridan biri hisoblanadi.[4][5]

Mahallada duv-duv gap
Mahallada duv-duv gap.jpg
Filmdan skrinshot (rus tilida)
Rejissor Y. Stepchuk
Produser Shuhrat Abbosov
Ssenariynavis(lar) O. Razamzonov va B. Rest; Abdulla Qahhor oʻzbekchaga oʻgirgan
Rollarda
Bastakor Manas Leviyev
Muharrir I. Gordon
Ishlab chiqaruvchi
kompaniyalar
Oʻzbekfilm
Davomiyligi 80 minut
Mamlakatlar Oʻzbek SSR, SSSR
Tillar Oʻzbek, rus

SujetTahrirlash

Filmda Toshkent shahrining eski qismidagi mahallalardan biridagi zamonaviy turar-joy binolari qanday qurilayotgani haqida hikoya qilinadi. Film qahramonlari quruvchilarning oilalari: qizi Sayyora bilan ishlayotgan g‘isht teruvchi, o‘g‘li Azimjon Moskvada o‘qishini tugatayotgan Mehrixon aya, hamda omborxona mudiri Arslon va uning kranchi o‘g‘li Umarjon haqida hikoya qiladi.

O‘qishni tamomlab, Sayyora yaqinlaridan yashirincha zavodga kiradi. Qo'shnilar uning taqdiriga aralashishga harakat qil. Mehrixon o'z o‘g‘li Azimjonga, Oyposhsha esa o'z o‘g‘li Umarjonga olib bermoqchi. Azimjon allaqachon Moskvada uylangani, Arslonning o‘g‘li Umar esa u bilan qurilishda birga ishlaydigan Umidani sevib qolgani ma’lum bo‘aldi. Yoshlar Umarga ota-onasining qarshiligini yengib, Umida bilan turmush qurishiga yordam beradi. Baxtli oilalar mahalladan yangi qurilgan uyga ko‘chib o‘tadi.

RollardaTahrirlash

Aktyor Rol
Xolida Isxakova Sayyora konserva zavodi ishchisi va konservatoriya talabasi Sayyora
Roza Rizamuhamedova Umida konserva zavodi ishchisi Umida
Raisa Madrahimova Aziza arxitektor Aziza
Hamza Umarov Umarjon qurilish kranchisi Umarjon
Toʻlqin Tojiyev Mahmud qurilish ustasi Mahmud
Azim Aliyev Azimjon injener Azimjon
Lutfi Sarimsoqova Mehriniso Sayyoraning onasi Mehriniso
Maryam Yoqubova Oyposhsha Umarning onasi Oyposhsha
Ikroma Boltayeva Xalima Umidaning onasi Xalima
Razzoq Hamroyev usta Sharif Umidaning otasi usta Sharif
Rahim Pirmuhamedov Arslon Umarning otasi Arslon
Saʼdixon Tabibullayev folbin folbin

SsenariyTahrirlash

Film uchun ssenariy boshida rus tilida yozilgan. Ammo Shuhrat Abbosov filmni oʻzbek tilida olishni istagan. Tasvirga olish boshlanishidan bir kun avval Abbosov mashhur oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qahhordan ssenariyni oʻzbek tiliga tarjima qilib berishini iltimos qilgan. Abdulla Qahhor oʻsha paytda shifoxonada davolanayotgan boʻlgan. U ssenariyni shifoxona qarshisidagi oʻtirgʻichda oʻtirib ikki soatda tarjima qilgan. Abdulla Qahhor filmning oxirida tarjimon sifatida aytib oʻtilgan.[6]

ManbalarTahrirlash

  1. „The Whole Mahalla is Talking about It“ (Russian). Kinopoisk. Qaraldi: 24-fevral 2012-yil.
  2. „We Should Create Characters Based on Our National Traditions“ (Uzbek) (19-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 24-fevral 2012-yil.
  3. Hamroyev, Jasur „The Beneficial Work of Cinema.uz“ (Uzbek). Shov-Shuv (17-yanvar 2012-yil). 30-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-fevral 2012-yil.
  4. Iskandar, Abdulla. „Shuhrat Abbosov is 80“ (Uzbek) (27-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 24-fevral 2012-yil.
  5. „BBC's Guest - Shuhrat Abbosov“ (Uzbek) (11-may 2009-yil). Qaraldi: 24-fevral 2012-yil.
  6. https://www.kino-teatr.ru/kino/movie/sov/4594/titr/

HavolalarTahrirlash

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 9-avgust, 2022-yil(2022-08-09) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.