Mahalliy bozor — ayirboshlash miqyosi jihatidan muayyan mamlakatning davlat chegaralari doirasi bilan cheklangan shahar, tuman, viloyat hududlaridagi bozor. Bu bozorlarda sotiladigan mahsulotlar koʻlami va xilma-xilligi eng avvalo mahalliy qishloq xoʻjaligi, sa-noatning rivoji va yoʻnalishi bilan belgilanadi. Bu bozorlardagi tovarlar, asosan, oziq-ovqat, keng isteʼmol, sanoat mollari, xoʻjalik va uy-joy buyumlari, qurilish materiallari va boshqalardan iborat boʻladi. Mahalliy bozorning xilma-xilligi, ularning xususiyatlari, sotiladigan tovarlar turlari shu yerli xalqning xoʻjalik tarzi, hududning uzoq shakllangan madaniyiqtisodiy taraqqiyoti natijasidir. Mahalliy bozor mintaqa bozori va jahon bozori bilan aloqalarga kirishib, oʻz biqiqligini yoʻqotib boradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil