Mahalliy oʻgʻitlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mahalliy oʻgʻitlar - bevosita xoʻjaliklarning oʻzidan chiqadigan oʻgʻitlar. Ularga goʻng , goʻng shaltogʻi, koʻpgina organik moddalar, jumladan, oʻsimlik qoldiqlari, xoʻjalik chiqindilari va boshqalardan tayyorlangan turli kompostlar kiradi. M.oʻ. tuproqning fizikkimyoviy va biologik xossasini yaxshilaydi. Uning suv shimishini, fosfatlarning eruvchanligini oshiradi, suvda eriydigan tuzlar migra-siyasini kamaytiradi, oziq elementlarini yuvilishdan saqlaydi, M.oʻ. mineral oʻgʻitlar bilan birga qoʻllanganda oʻsimlik suv va oziq elementlarini yaxshi oʻzlashtiradi. M.oʻ. tarkibida oʻsimlik uchun zarur oziq elementlar (azot, fosfor, kaliy) va barcha mikroelementlar bor. M.oʻ. kuzgi shudgorlashda asosiy oʻgʻitlar sifatida goʻng sepgich mashinada gektariga 20—40 t solinadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |