Mahalliy vaqt
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mahalliy vaqt - Yer yuzidagi biror nuqta uchun belgilangan vaqt, oʻrtacha Quyosh yoki yulduz vaqti. Mahalliy vaqt joyning geografik uzunligiga bogʻliq,. Geografik uzunlik sharqqa 15° ortganda Mahalliy vaqt 1 soatga ortadi, lekin bitta meridianda joylashgan barcha nuqtalarning Mahalliy vaqt deyarli bir xil. Katta shaharlarning sharqiy va gʻarbiy qismlaridagi Mahalliy vaqt birbiridan bir necha sekundga farq qiladi. Bu noqulaylikdan qutulish uchun barcha mamlakatlarda mintaqa vaqti qabul qilingan. Shu maqsadda Yer sharining butun yuzasi meridianlar bilan 24 mintaqaga boʻlingan. Har bir mintaqa ichidagi vaqt bir-biridan 1 soatcha farq qiladi. Nolinchi deb ataladigan boshlangʻich mintaqaning oʻrtasidagi meridian London yaqinidagi Grinvich rasadxonasidan oʻtadi. Grinvich Mahalliy vaqt Toshkent vaqtidan 5 soatga farq qiladi (yana q. Vaqt).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |